Bugun
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Shahzoda Endryu Epshteyn bilan aloqasi uchun hibsda

Dunyo
14
Shahzoda Endryu Epshteyn bilan aloqasi uchun hibsda
Bugun, 19-fevral kuni Buyuk Britaniya politsiyasi qirol Charlz III ning ukasi, shahzoda Endryuni marhum moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq aloqalari sabab hibsga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda BBC xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, shahzoda davlat lavozimida faoliyat yuritgan davrida bir qator noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan bo‘lishi mumkin degan gumon asosida tergov ishlari boshlangan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Angliyaning sharqiy qismida joylashgan Wood Farm hududiga politsiya xodimlari yetib kelgan. Ular orasida oltita politsiya mashinasi va sakkiz nafar fuqarolik kiyimidagi xodim bo‘lgan.

Shuningdek, AQSH hukumati tomonidan yaqinda e’lon qilingan hujjatlarda shahzoda Endryu marhum Jeffri Epshteynga maxfiy davlat hujjatlarini yetkazib bergan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud. Hozirda ushbu da’volar bo‘yicha batafsil o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Endryu avvalroq Epshteyn bilan do‘st bo‘lganidan afsus bildirgan, biroq har qanday qonunbuzarliklarda ishtirok etganini rad etib keladi. So‘nggi hujjatlar e’lon qilinganidan keyin u mazkur masala yuzasidan izoh bermagan.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan sud arizalari hajmi keskin oshib, adliya tizimi uchun katta muammo yaratmoqda. Murojaatchilar ChatGPT kabi
DunyoKecha, 23:16
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi uchrashuvda Turkmanistonning G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi
DunyoKecha, 19:06