Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 22 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, sharq
ENRU

Islomobodda Bobur nomidagi yangi bog‘ barpo etiladi

Dunyo
21
Islomobodda Bobur nomidagi yangi bog‘ barpo etiladi
Pokiston poytaxti Islomobod shahrida buyuk o‘zbek davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan ataladigan yangi bog‘ barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu bog‘ O‘zbekiston tomonidan Pokiston xalqiga do‘stlik va hamkorlik ramzi sifatida sovg‘a qilinadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Loyiha doirasida bog‘ Islomobod shahrida 2,5 gektar maydonni qamrab olib, zamonaviy landshaft dizayni va qulay dam olish maskanlari bilan jihozlanadi. Shuningdek, bog‘da sayr yo‘laklari va boshqa infratuzilmalar ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri Sherzod Hidoyatov mazkur loyihaning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladi. Ushbu tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, tarixiy merosga hurmatni oshirish va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Yangi bog‘ Pokiston aholisi va mehmonlari uchun madaniy-ma’rifiy dam olish maskani sifatida xizmat qilishi kutilmoqda. Bu loyiha ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikka yangi qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026