ENRU

Mo‘g‘ulistonda qattiq qish 26 ming chorvani nobud qildi

Dunyo
18
Mo‘g‘ulistonda qattiq qish 26 ming chorvani nobud qildi
Mo‘g‘ulistonda qattiq qish oqibatida 26 mingdan ortiq chorva mollari nobud bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu holat mamlakatda "dzud" deb ataladigan tabiiy hodisa sabab yuzaga kelgan. "Dzud" - bu mo‘g‘ulcha atama bo‘lib, yerning muzlashi yoki qalin qor qoplami tufayli chorva mollari ochlik va sovuqdan nobud bo‘lishi holatini bildiradi.

12 fevral kuni Mo‘g‘uliston Milliy statistika boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar oyida g‘arbiy viloyatlar va Markaziy Ovrxangay viloyatida 26 ming 300 dan ortiq chorva mollari halok bo‘lgan. Mamlakatdagi 21 viloyatdan kamida 11 tasi ushbu hodisadan jiddiy zarar ko‘rgan.

Ma’lumki, chorvachilik Mo‘g‘uliston iqtisodiyotining asosiy sohalaridan biri bo‘lib, ko‘chmanchi aholining taxminan 40 foizi shu soha bilan shug‘ullanadi. Ammo qattiq va uzoq davom etgan qish har yili chorvadorlar uchun katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda.

Milliy statistika boshqarmasining hisobotiga ko‘ra, 2025 yil oxiriga kelib, Mo‘g‘ulistonda 58,1 million bosh chorva mavjud bo‘lishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Fransiya immigratsiya siyosatini tanqid qilib, bu yo‘l bilan mamlakatning kelajagi xavfga tushganini aytdi. Uning fikricha, Yevropadagi
DunyoBugun, 14:31
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriyada Ebola virusi kasalligi aniqlandi 44 kishi kuzatuvda
Nigeriya poytaxti Abujada Ebola virusi bilan kasallanish holati qayd etildi. The Guardian nashri xabar berganiga ko‘ra, bemor bilan bevosita aloqada bo‘lgan 44 kishi
DunyoBugun, 14:13
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda gvardiya komandiri harbiy xizmatchilarni qurilishga majbur qilgani uchun qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda Milliy gvardiya harbiy qismlarining birining komandiri lavozim vakolatidan suiiste’mol qilishda gumonlanib qo‘lga olindi. U o‘z qo‘l ostidagi harbiy
DunyoBugun, 13:53
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43