ENRU

Amsterdamda KLM samolyotlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Dunyo
18
Amsterdamda KLM samolyotlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Amsterdam shahridagi Sxipxol aeroportida KLM aviakompaniyasiga tegishli ikki samolyot o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda ANP axborot agentligi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea vaqtida samolyotlardan biri harakatsiz holatda turgan.

Ikkinchi samolyot esa evakuator yordamida ko‘chirilayotgan paytda birinchi samolyotga urilgan. Hodisa sabablari va tafsilotlari hozirda o‘rganilmoqda.

Mutaxassislar tomonidan har ikki samolyot texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. KLM aviakompaniyasi vakili hodisa yuzasidan tegishli idoralar bilan hamkorlik olib borilayotganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, samolyotlar xizmatga qaytarilishidan oldin sinchiklab tekshiriladi. Xabarlarga ko‘ra, to‘qnashuvdan avval reyslardan biri Afina shahriga uchishi rejalashtirilgan edi, ikkinchi samolyot esa Birmingemdan kelib qo‘ngan.

Hodisadan keyin har ikki samolyotdagi yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari darvozalarga qaytarilgan. KLM aviakompaniyasi barcha yo‘lovchilarni muqobil reyslarga qayta bron qilganini tasdiqladi.

Hozirda voqea yuzasidan batafsil tekshiruv ishlari davom etmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan Yaqin Sharqdagi eng muhim neft arteriyasi bo‘lgan Fors ko‘rfazida harbiy keskinlik yangi xavfli bosqichga chiqdi. Bu haqda
DunyoBugun, 05:09
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
Turkiyada uzoq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida qo‘lga olindi va mamlakatimizga
DunyoBugun, 04:44
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyaning Papua tog‘li hududida joylashgan Jivika qishlog‘ida yashovchi dani xalqi o‘z ajdodlarining jasadini qariyb 350 yildan buyon mo‘miyolangan holda saqlab kelmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 04:27
O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiya mehnat bozori asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda
O‘zbekiston yoshlari uchun Rossiya mehnat bozori asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda
Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari Nikita Mendkovich O‘zbekistondagi demografik o‘sish va mehnat bozori imkoniyatlari yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etdi. Tahlilchi
DunyoBugun, 03:38
NASA va SpaceX Xalqaro koinot stansiyasiga yangi missiya yuboradi
NASA va SpaceX Xalqaro koinot stansiyasiga yangi missiya yuboradi
AQSH Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) hamda SpaceX kompaniyasi hamkorligida Xalqaro koinot stansiyasiga navbatdagi muhim ta’minot missiyasi amalga oshiriladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 03:07
Arab koalitsiyasi Yamandagi isyonchilarning harbiy obektlariga zarbalar berdi
Arab koalitsiyasi Yamandagi isyonchilarning harbiy obektlariga zarbalar berdi
Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi Arab koalitsiyasi kuchlari Yaman shimolida faoliyat yuritayotgan Ansor Alloh harakati marralariga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 02:51