Bugun
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Pokistonning havo hujumlari: 17 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
60
Pokistonning havo hujumlari: 17 kishi halok bo‘ldi
21-fevral kuni kechasi Pokiston harbiy aviatsiyasi Afg‘onistonning sharqiy hududlarida havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu harakat jangarilarga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lib, Pokiston tomoni uni razvedka ma’lumotlariga asoslangan holda aniq nishonlarga qaratilgan deb izohlagan. Shu bilan birga, Kobul rasmiylari mazkur hujumlarga keskin e’tiroz bildirdi.

Pokiston rasmiy bayonotida havo zarbalari Tehriki Tolibon Pakistan (TTP) va unga aloqador guruhlarni nishonga olgani aytilgan. Hukumat ushbu guruhlarni mamlakatda so‘nggi vaqtlarda sodir etilgan xavfli hujumlar uchun javobgar deb hisoblamoqda.

Islomoboddagi axborot idoralari bu amaliyotlarni Pokiston xavfsizligini ta’minlash choralari sifatida baholab, xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Afg‘oniston tomoni esa hujum oqibatida tinch aholi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 17 kishi vafot etgan. Xususan, Bihsud tumanidagi zarbalar natijasida bir nechta oila a’zolari, jumladan 12 nafar bola va o‘smir halok bo‘lgan.

Ko‘plab insonlar jarohat olgani, turar-joylar vayron bo‘lgani haqidagi foto va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi mazkur hujumlarni qoralab, Pokistonga munosib javob qaytarilishi mumkinligini bildirdi.

Rasmiylar bu voqeani xalqaro huquq normalarining buzilishi sifatida baholab, xalqaro hamjamiyatni bu holatga e’tibor qaratishga chaqirdi.

O‘xshash yangiliklar

Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi havo mudofaa tizimlari Yamandagi "Ansor Alloh" harakati uchurgan ballistik raketani Ar-Riyod shahri yaqinida tutib olib, muvaffaqiyatli yo'qotdi.
DunyoBugun, 09:24
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38