ENRU

Sakkiz kun uxlamagan erkak ruhiy buzilishga uchradi

Dunyo
20
Sakkiz kun uxlamagan erkak ruhiy buzilishga uchradi
London shahrida yashovchi 32 yoshli Tommi Greyvs sakkiz kun davomida uxlamasdan ishlagani oqibatida og‘ir ruhiy buzilish holatiga tushib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu voqea ikki yil avval sodir bo‘lgan. Tommi boshpanasiz odamlarga yordam beruvchi xayriya tashkiloti uchun mablag‘ yig‘ish loyihasida faol ishlagan.

U ishga haddan tashqari berilib ketib, dam olishni butunlay unutgan. Greyvsning so‘zlariga ko‘ra, ishlash davomida uning miya faoliyati haddan tashqari zo‘riqib, tinimsiz yangi g‘oyalar bilan band bo‘lgan.

Bu holat uning uyquga ketishiga to‘sqinlik qilgan. Ishdagi stress kuchaygan sari, u o‘zini nazorat qila olmay qolgan.

Oxir-oqibat, Greyvsning oilasi uning sog‘lig‘idan xavotirlanib, uni shifoxonaga olib borishga majbur bo‘lgan. O‘sha paytda Tommi ruhiy holatini to‘liq yo‘qotib, atrofdagi voqea-hodisalardan bexabar bo‘lgan.

U hatto o‘zini telestudiyada turgandek his qilib, "Oskar" mukofotini olishni orzu qilgan holda xodimlar oldida qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan. Greyvs shifoxonada bir oy davomida davolanib, sog‘ayganidan so‘ng uyiga qaytarilgan.

Keyingi ikki yil davomida u mutaxassislar yordamida to‘g‘ri uyqu rejimini o‘rganib, hayotini tartibga solgan. Hozirda u kundalik rejimga qat’iy amal qilib, ayniqsa, uyqu vaqtiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59