Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+13°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-g‘arb
ENRU

Yolg‘iz qolgan Panchga mehr ko‘rsatildi

Dunyo
36
Yolg‘iz qolgan Panchga mehr ko‘rsatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda inson qalbini bir vaqtning o‘zida ezib, umid ham uyg‘otadigan bir video keng tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu videoda kichkina makaka – Panch ismli maymunning hayoti tasvirlangan. Panchning tug‘ilganidan so‘ng onasi uni tashlab ketgan.

Bu voqea Yaponiyaning Itikava shahridagi hayvonot bog‘ida yuz bergan. Dastlab hayvonot bog‘i xodimlari Panchni o‘zlari parvarish qilgan bo‘lsa, keyinchalik uni boshqa maymunlar yashaydigan volerga qo‘shganlar.

Biroq bu yerdagi to‘da Panchni darrov qabul qilmagan. Bu kichik makaka uchun og‘ir sinov bo‘ldi: yangi muhit, yangi qoidalar va begonalik hissi.

Xodimlar Panchga IKEA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan orangutan shaklidagi yumshoq o‘yinchoqni sovg‘a qilishdi. O‘shandan buyon Panch bu o‘yinchoqni o‘zidan ajratmaydi, u bilan birga yuradi va uni bag‘riga bosadi.

Videoning bir qismida katta yoshli bir maymun Panchga tajovuz qilgani, uni sudragani va hujum qilgani aks etgan. Panch esa o‘yinchog‘i tomon yugurib, uni bag‘riga bosadi.

Ammo keyingi kadrlarda katta yoshli boshqa bir maymun Panchni himoya qilib, uni bag‘riga bosgani va unga mehr ko‘rsatgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, tengdosh maymunlardan biri Panch bilan o‘ynab, unga yaqinlashgani tasvirlangan.

Hayvonot bog‘i xodimlari makakalar orasida vaqt-vaqti bilan tajovuzlar kuzatilishini, bu tur uchun odatiy holat ekanligini aytishdi. Unga ko‘ra, Panchni boshqa volerga ko‘chirish to‘g‘ri qaror emas, chunki makakalar yolg‘iz yashay olmaydi.

U to‘daga asta-sekin qo‘shilishi kerak. Videoning keng tarqalishi ortidan ko‘plab odamlar Panchni ko‘rish uchun hayvonot bog‘iga tashrif buyurmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa “Bardam bo‘l, Panch” degan heshteg ostida minglab izohlar yozilgan. IKEA kompaniyasining Yaponiyadagi bo‘limi prezidenti Petra Fare ham hayvonot bog‘iga kelib, Panchga yumshoq o‘yinchoqlar sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi.

Panchning hayoti birdaniga o‘zgarib ketadi deyish qiyin, lekin bir narsa aniq: u yolg‘iz emas. Unga yordam berayotgan insonlar bor, to‘dada ham unga mehr ko‘rsatayotganlar topilmoqda.

Eng muhimi, Panch sekin-asta ishonishni o‘rganmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026