Bugun
Nikolo Trezoldi «Bryugge»da het-trik bilan «Inter»ni yutdi
+22°
ясно ветер 3 м/с, СЗ
ENRU

Farrosh erkak 7-qavatdan qulagan bolani qutqardi

Dunyo
28
Farrosh erkak 7-qavatdan qulagan bolani qutqardi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hayratlanarli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ko‘pqavatli uy hovlisida farrosh bo‘lib ishlayotgan o‘zbekistonlik erkak bir lahzada haqiqiy qahramonga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, 7-qavatdagi xonadonda yashovchi bola ochiq deraza tokchasida planshet o‘ynayotgan edi.

Bola beixtiyor sirpanib, karnizga ilinib qolgan, qo‘llari bilan ushlab turishga harakat qilgan. Shu paytda hovlida ish bilan band bo‘lgan farrosh erkak yuqoriga qarab vaziyatni fahmlaydi.

U bir zumda bolaning tushib ketishi mumkin bo‘lgan joyga yuguradi. Bola karnizda bir necha soniya osilib turgach, qo‘llari bo‘shab pastga qulagan.

Ammo farrosh erkak uni havoda ushlab, hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ladi. Bu vaqtda bolaning onasi oshxonada bo‘lgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li autizm bilan yashaydi. Bunday bolalar ba’zan xavfni to‘g‘ri baholay olmaydi va atrofdagi tahlikani sezmay qolishi mumkin.

Ushbu voqea ota-onalarga o‘z farzandlariga nisbatan hushyor bo‘lish zarurligini yana bir bor eslatadi. Bola shifoxonaga yotqizilgan, uning oyog‘i va ichki a’zolari jarohatlangan.

Qutqaruvchi erkakning o‘zi ham jarohat olgan: qo‘llari va qovurg‘asi singan. Xabarlarga ko‘ra, bu qahramon o‘zbekistonlik, 36 yoshda.

U Sankt-Peterburgdagi ko‘pqavatli uylar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotda ishlaydi. Oddiy farrosh bo‘lib ishlasa-da, u o‘zining jasorati bilan butun jamoani hayratga soldi.

Bu voqea yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, qahramonlik uchun maxsus kiyim yoki unvon kerak emas. Qahramonlik – bu tezkor qaror qabul qilish va katta yurak bilan harakat qilishdir.

Endi esa barcha bolaning tezroq sog‘ayib ketishini va uni qutqargan insonning ham sog‘lig‘i tiklanib, o‘z oilasi bag‘riga qaytishini tilamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Marokashda yangi timsoh turini topdi
Britaniyalik olimlar Yerda 170 million yil avval yashagan timsohlarning yangi turini aniqladi. Uning tishlari shu qadar ingichka bo‘lganki, tishkovlagichlarni eslatgan.
DunyoBugun, 07:56
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida Ramzes II haykalining qoldiqlari topildi
Misrning Nil deltasi hududidagi Behbeyt al-Hajar qishlog‘ida qariyb 3 ming yillik tarixga ega bo‘lgan ikki ulkan qirollik haykalining qoldiqlari topildi. Birinchi
DunyoBugun, 07:10
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Nyu Yorkdagi ko‘chaga O‘rgimchak odam nomi berildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi Kvins tumanida joylashgan ko‘chalardan biriga dunyoga mashhur komiks qahramoni O‘rgimchak odam sharafiga ramziy ma’noda uning nomi berildi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:19
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya minglab suriyaliklarni qochqinlik maqomidan mahrum etmoqda
Germaniya hukumati mamlakatda istiqomat qilayotgan minglab suriyalik fuqarolarni qochqinlik maqomidan mahrum etish va ularni o‘z vataniga majburiy tartibda qaytarish jarayonini boshladi. Bu haqda
DunyoBugun, 02:33
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Britaniyada qurg‘oqchilik sabab bronza davriga oid qishloq topildi
Buyuk Britaniyada joriy yilning yoz faslida kuzatilgan g‘ayritabiiy issiq ob-havo va davomli qurg‘oqchilik kutilmagan tarixiy yangilikka sabab bo‘ldi. Angliyaning
DunyoBugun, 02:21
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropada gaz narxi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tabiiy gaz narxi so‘nggi to‘rt yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi. Niderlandiyaning TTF birjasida kelgusi oy uchun
DunyoBugun, 01:32