Bugun
AQSH BMT bosh kotibi lavozimiga Orbanini nomzod qildi
+9°
ясно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Panch va o‘yinchog‘i dunyo e’tiborida

Dunyo
33
Panch va o‘yinchog‘i dunyo e’tiborida
Yaponiyaning Ichikava shahridagi hayvonot bog‘ida yashayotgan Panch ismli kichkina makaka jahon e’tiborini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Faqatgina 7 oylik bo‘lgan bu maymunchaning oddiy, ammo ta’sirli hayoti haqida tarqalgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, unga “ona” o‘rniga berilgan orangutan ko‘rinishidagi yumshoq o‘yinchoq mashhurlikka erishdi.

Ma’lum qilinishicha, videolar ommalashgach, IKEA do‘konlarida 20 dollar atrofida sotilgan ushbu o‘yinchoq qisqa vaqt ichida sotib tugatilgan. Talabning keskin oshishi natijasida ko‘plab hududlarda o‘yinchoqni topish qiyinlashgan.

Ayrim xaridorlar esa o‘yinchoqni qayta sotish orqali daromad qilishga ham ulgurgan. Masalan, ular o‘yinchoqni internet do‘konlarida 90 dollardan 350 dollargacha narxlarda sotishgan.

Panchning hayoti haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo‘lsak, u 2025 yil iyul oyida tug‘ilgan. Ammo onasi uni tashlab ketganidan so‘ng, hayvonot bog‘i xodimlari unga orangutan shaklidagi yumshoq o‘yinchoqni bergan.

Panch ushbu o‘yinchoqni mehr bilan quchoqlab, o‘zini xotirjam his qilgan. 19 yanvar kuni xodimlar Panchni boshqa maymunlar guruhi bilan tanishtirishga urinishgan.

Ammo guruh a’zolari uni qabul qilmagan. Bu holat Panchga kuchli ta’sir qilgan va u hali ham o‘zining yumshoq o‘yinchog‘idan voz kechmayapti.

Panchning hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans uyg‘otdi. 13 fevralga qadar “Panch” xeshtegi ostida 37 mingdan ortiq post joylashtirilgan.

Shu bilan birga, hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni ham sezilarli darajada oshgan. Ko‘rinib turibdiki, kichkina bir jonzotning o‘yinchoq bilan bo‘lgan hissiy bog‘liqligi butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortdi.

Panch uchun bu o‘yinchoq oddiy buyum emas, balki tinchlik va mehr ramzi bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSH BMT bosh kotibi lavozimiga Orbanini nomzod qildi
AQSH BMT bosh kotibi lavozimiga Orbanini nomzod qildi
AQSH ma'muriyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi lavozimi uchun Vengriya sobiq bosh vaziri Viktor Orbanni nomzod etish taklifi qildi. Bu ma'lumot Wall
DunyoBugun, 11:37
Zelenskiy muzokaralardan oldin «qizil chiziqlarni» belgilab oldi
Zelenskiy muzokaralardan oldin «qizil chiziqlarni» belgilab oldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy noyabr oyida rejalashtirilgan tinchlik muzokaralaridan oldin Kiyevning rasmiy pozitsiyasini va o‘zgartirib bo‘lmaydigan «qizil chiziqlarini» aniq belgilab oldi.
DunyoBugun, 11:29
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiya prezidenti Vuchich saylov mag'lubiyatini tasdiqladi
Serbiyada kutilmagan siyosiy o'zgarish yuz berdi. Mamlakatning prezidenti Aleksandr Vuchich erta kuzatilgan parlament saylovlarida o'z partiyasi "Birlashgan Serbiya"
DunyoBugun, 10:40
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Arab koalitsiyasi Yamondagi husiylar raketasini yo'qotdi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi havo mudofaa tizimlari Yamandagi "Ansor Alloh" harakati uchurgan ballistik raketani Ar-Riyod shahri yaqinida tutib olib, muvaffaqiyatli yo'qotdi.
DunyoBugun, 09:24
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26