Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi

Dunyo
14
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga diniy ruxsat berildi
Afg‘onistonda erkak shifokorlarga ayol bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha diniy ruxsat berilgani haqida bayonot e’lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Afg‘oniston Aloqa vaziri Hamdulla Nomaniyning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlarga tibbiy zarurat sababli ayol bemorlarning odatda ochilishi taqiqlangan tana qismlarini ko‘rishga diniy huquq berilgan. Vazir o‘z nutqida ayrim holatlarda hatto ayolning yuziga qarash ham cheklanganini ta’kidladi.

Ammo tibbiy yordam jarayonida bunday cheklovlar amal qilmasligi alohida qayd etilgan. Nomaniy shunday dedi: “Men, vazir sifatida, ayol kishining yuziga qarashga haqqim yo‘q.

Biroq siz, shifokorlar, tibbiy ehtiyoj sababli bunday huquqqa egasiz. Ayol bemor operatsiya stolida yotganida uning barcha tana qismlari sizning ko‘zingiz oldida bo‘lishi mumkin, hatto kiyimlarini yechishingizga ham ruxsat beriladi.” Shu bilan birga, vazir shifokorlarni ushbu huquqdan faqat tibbiy ehtiyoj va kasbiy mas’uliyat doirasida foydalanishga chaqirdi.

U bu ruxsat noto‘g‘ri talqin qilinmasligi va suiiste’mol qilinmasligi lozimligini alohida ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59