Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 25 noyabr
+13°
qisman bulutli shamol 2 m/s, shimol
ENRU

Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi

Dunyo
16
Moskva vokzalidagi portlash ikki kishini hayotdan olib ketdi
Bugun, 24-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahridagi Savelovsk vokzal maydonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi turli darajada tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Astra” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea taxminan soat 00:05 da yuz bergan. Portlashni sodir etgan shaxs yo‘l-patrul xizmati xodimlari oldiga kelganida noma’lum jism portlab ketgan.

Oqibatda 34 yoshli katta inspektor, leytenant D.B halok bo‘lgan. Yana ikki xodim jarohat olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Portlash xizmat avtomobiliga ham zarar yetkazgan, oynalari sinib, salon va boshqa qismlari shikastlangan. Dastlab gumonlanuvchi voqea joyidan qochib ketgani aytilgan edi.

Biroq kuzatuv kameralari yozuvlari va tergov natijalari portlashni sodir etgan shaxsning o‘zi ham halok bo‘lganini ko‘rsatdi. Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining hayotiga tajovuz qilish (317-modda) va portlovchi qurilmalarni noqonuniy ishlatish (222.1-modda) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davom etmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026