ENRU

Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi

Dunyo
25
Buyuk Britaniyada donor bachadoni bilan ilk chaqaloq tug‘ildi
Buyuk Britaniyada ilk bor vafot etgan donordan ko‘chirib o‘tkazilgan bachadon yordamida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BBC xabariga ko‘ra, bolaning onasi 30 yoshlar atrofidagi Greys Bell bo‘lib, u tug‘ma bachadonsiz dunyoga kelgan. Bell MRKH sindromiga ega bo‘lib, bu holat Buyuk Britaniyada taxminan 5 ming ayolda uchraydi.

Ushbu sindrom bilan tug‘ilgan ayollar hayz ko‘rmaydi, lekin tuxumdonlari normal faoliyat ko‘rsatadi. Bell 16 yoshida farzand ko‘ra olmasligini bilgan.

Er-xotin uchun yagona imkoniyat bachadon transplantatsiyasi yoki surrogat onalik bo‘lgan. 2024 yil iyun oyida Oksforddagi Cherchill kasalxonasida Bellga donor bachadoni ko‘chirib o‘tkazildi.

Ushbu operatsiya 10 soat davom etdi. Operatsiyadan keyin ular Londondagi Lister fertil klinikasida EKU muolajasidan o‘tgan.

Natijada, 2025 yil dekabr oyida Bell Londondagi Qirolicha Sharlotta kasalxonasida Hugo ismli o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Chaqaloqning vazni qariyb 3,2 kilogrammni tashkil etdi.

Hozirda u 10 haftalik. Bell ushbu jarayonni hayotidagi katta mo‘jiza deb atadi.

U donor va uning oilasini minnatdorlik bilan esga olib, ular unga hayotning eng katta sovg‘asini hadya etganini ta’kidladi. Bu yangilik bachadonsiz ayollar uchun katta umid uyg‘otdi.

Bellga qilingan transplantatsiya Buyuk Britaniyada klinik tadqiqotlar doirasida amalga oshirilayotgan 10 ta shunday operatsiyadan biridir. Hozirga qadar uchta transplantatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, chaqaloq tug‘ilishi birinchi marta kuzatilmoqda.

2025 yil boshida esa tirik donor bachadoni yordamida dunyoga kelgan ilk chaqaloq Emi tug‘ilgan. Onasiga bachadon 2023 yil yanvarda opasidan ko‘chirib o‘tkazilgan edi.

Yaqin qarindoshlardan yana beshta bachadon transplantatsiyasi rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoKecha, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoKecha, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoKecha, 10:59