Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 13 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi

Dunyo
17
Puliyada erkak rafiqasini o‘ldirib, mashinasini yoqdi
Italiyaning Puliya viloyatida yuz bergan dahshatli voqea butun mamlakatni larzaga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

48 yoshli fermer o‘zining 47 yoshli rafiqasini qasddan o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u avval rafiqasining boshiga qattiq jism bilan zarba bergan, so‘ng uni oilaviy avtomobil ichiga joylashtirib, mashinani yoqib yuborgan.

Jinoyat 2024 yil 27 sentyabr kuni San-Severo shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisa yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni politsiya o‘rganmoqda.

Gumonlanuvchi dastlab bu ishni yo‘l-transport hodisasi sifatida ko‘rsatishga uringan. Ammo tergov natijalariga ko‘ra, voqea oldindan rejalashtirilgan qotillik bo‘lib chiqdi.

Tergov davomida aniqlanishicha, ayol avval hushini yo‘qotgan va keyinchalik Fiat 500 avtomobiliga joylashtirilgan. Sud ekspertizasida aytilishicha, ayol yong‘in paytida tirik bo‘lgan.

Uning o‘pkasidan uglerod oksidi izlari topilgan, bu esa yong‘in vaqtida nafas olayotganini tasdiqlaydi. Qotillikda ishlatilgan qurol esa hali topilmagan.

Hozirda gumonlanuvchi oldindan rejalashtirilgan qotillik aybi bilan hibsga olingan. Tergov ishlari davom etar ekan, jinoyatning barcha tafsilotlarini aniqlash bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda.

Mazkur voqea Puliya viloyatida so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng dahshatli jinoyatlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026