Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+12°
ясно ветер 1 м/с, ЮЗ
ENRU

WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab "Epshteyn ishi"

Dunyo
36
WEF prezidenti iste’foga chiqdi: sabab
Davosda o‘tkaziladigan Jahon iqtisodiy forumi (WEF) prezidenti o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda "Reuters" axborot agentligi xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iste’foga chiqish qarori "Epshteyn ishi" bilan bog‘liq vaziyat ortidan qabul qilingan.

WEF prezidenti Borge Brende o‘z nutqida forumdagi faoliyatini samarali va muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidladi. Biroq u "Epshteyn ishi" bilan bog‘liq masalalar haqida izoh bermadi.

AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Brende 2017-yildan buyon Jahon iqtisodiy forumiga rahbarlik qilgan. Shu davr mobaynida u bir necha bor Jeffri Epshteyn bilan ishbilarmonlik uchrashuvlarida qatnashgani va ular o‘rtasida elektron pochta orqali muloqot bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

Mazkur vaziyat sabab Jahon iqtisodiy forumi rahbariyati Brendening Epshteyn bilan aloqalariga oid mustaqil tekshiruv boshlaganini e’lon qilgan. Jeffri Epshteyn voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish kabi og‘ir jinoyatlarda ayblangan edi.

2019-yilda u qamoqxonada vafot etgan, tergovchilarning xulosasiga ko‘ra, bu o‘z joniga qasd sifatida baholangan. Shuningdek, 30-yanvar kuni AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishiga oid yana 3 milliondan ortiq hujjatni e’lon qildi.

Umumiy hisobda, ushbu ishga oid jami 3,5 milliondan ziyod material ochiqlangan.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29