Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi

Dunyo
12
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumi atrofida yangi tafsilotlar ma’lum bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The New York Times nashri va Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Eron oliy rahbari Ali Xominaiyning qayerda ekaniga alohida e’tibor qaratgan. Xabar berilishicha, razvedka Xominaiyning joylashuvi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lgan.

AQSh razvedkasi bir necha oy davomida Xominaiyning harakatlanish tartibi va xavfsizlik yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘plagan. Manbalar ta’kidlashicha, 28-fevral kuni Tehronda hukumat va xavfsizlik idoralari joylashgan hududda yuqori rahbariyat yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilgan.

Bu yig‘ilishda Ali Xominaiyning ham ishtirok etishi taxmin qilingan. Ushbu ma’lumot AQSh va Isroil uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

Chunki bu orqali bir vaqtning o‘zida Eronning siyosiy-xavfsizlik elitasi va oliy rahbarga yaqin joylashuvga zarba berish imkoniyati yuzaga kelgan. Reuters xabariga ko‘ra, hujum oldindan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin, ammo yangilangan razvedka ma’lumotlari operatsiyaning vaqtiga ta’sir qilgan.

Yig‘ilishda Eronning yuqori martabali amaldorlari ishtirok etishi kutilgan. Keyinchalik ba’zi yirik shaxslar bo‘yicha o‘lim haqidagi xabarlar tasdiqlangan.

Xususan, Muhammad Pakpurning halok bo‘lgani xabar berildi. Hujum aniq hisob-kitob asosida uyushtirilgan operatsiya sifatida tasvirlanmoqda.

Uzoq masofaga ucha oladigan va yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollar bilan jihozlangan samolyotlar jalb qilingan. Bu voqea Eron uchun kutilmagan va og‘ir zarba bo‘ldi.

Tehron urush xavfini anglagan bo‘lsa-da, tezkor va maqsadli hujum ssenariysiga qarshi yetarli darajada choralar ko‘rmagan. AQSh va Isroil razvedkasi bu borada muvaffaqiyatga erishgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026