ENRU

O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi

Dunyo
15
O‘zbekiston fuqarolariga BAAda xavfsizlik choralariga rioya qilish tavsiya etildi
Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashishi sababli O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonalar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rayotganini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, havo yo‘llaridan foydalanishdagi vaqtinchalik cheklovlar tufayli aviaqatnovlar to‘xtatilgan. Shu munosabat bilan BAAda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish tavsiya etilmoqda.

Fuqarolardan mahalliy qonun-qoidalar va rasmiy idoralar ko‘rsatmalariga to‘liq rioya qilish, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik va odamlar gavjum joylardan uzoqroq bo‘lish so‘ralmoqda. Shuningdek, faqat rasmiy axborot manbalariga tayanish tavsiya etilgan.

Favqulodda holatlarda tezkor aloqa uchun quyidagi raqamlar berilgan: +971 55 986 9040 va +971 55 956 4110. Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borish uchun o‘zining axborot kanallari, Sharja shahridagi Bosh konsulxona va “Dunyo” axborot agentligi sahifalariga havolalarni taqdim etgan.

Bu choralarning barchasi fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerikalik to‘qqiz yoshli qizaloq og‘ir atletikada rekord o‘rnatdi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida istiqomat qiluvchi to‘qqiz yoshli Lyusi Milgrim og‘ir atletika bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi bilan butun dunyo e’tiborini tortdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 01:29
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini uylantirish uchun sun'iy intellektdan foydalanmoqda
Xitoyda ota-onalar farzandlarini oila qurishga undash maqsadida zamonaviy texnologiyalardan, xususan, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan ta’sirchan videolardan foydalanmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Turkiya Rossiya bilan yangi gaz loyihalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Yevropa Ittifoqi kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz importini to‘liq taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda, Turkiya mintaqaviy energiya markaziga
DunyoKecha, 22:38
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarusda o'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi
Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatiga qarashli Shapuri qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi davrida hududni bosqinchilardan ozod qilish yo‘lida jon fido qilgan o‘zbekistonlik jangchilar
DunyoKecha, 21:38
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
AQSH kompaniyasi Qozog‘istonda strategik minerallarni qazib olishni boshladi
Amerika Qo'shma Shtatlari kompaniyalari Markaziy Osiyoning strategik xomashyo zaxiralariga bo'lgan qiziqishini amaliy harakatlar bilan mustahkamlamoqda. Xususan,
DunyoKecha, 21:23
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Eron Hurmuz bo‘g‘ozini ochish uchun AQSHga shart qo‘ydi
Dunyoning eng muhim neft arteriyasi hisoblangan Hurmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat o‘zining eng xavfli nuqtasiga yetdi. Eron Qurolli kuchlari rasmiy vakili Muhammad Akraminia
DunyoKecha, 20:59