Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Eron zarbasi AQShning Qatar radarini ishdan chiqardi

Dunyo
17
Eron zarbasi AQShning Qatar radarini ishdan chiqardi
Gorizont Telegram kanali xabariga ko‘ra, Eron tomonidan amalga oshirilgan zarba natijasida Qatarda joylashgan AQShga tegishli strategik radar tizimi ishdan chiqqan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Al-Udeid aviabazasi hududida joylashgan va qiymati taxminan 1 milliard dollar deb baholangan AN/FPS-132 rusumli radarga zarba berilgan. Ushbu radar Qatar hududida joylashgan bo‘lib, AQSh raketa mudofaasi tizimining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.

Radar majmuasi Yevropadan Hind okeanigacha bo‘lgan katta hududni nazorat qila oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu turdagi radarlar dunyo bo‘yicha jami oltita bo‘lib, ular AQShdan tashqari Buyuk Britaniya va Grenlandiyada ham joylashgan.

Al-Udeid aviabazasidagi stansiya texnik jihatdan juda yuksak salohiyatga ega bo‘lib, Rossiya hududidan uchirilishi mumkin bo‘lgan raketalarni 5 ming kilometrdan ortiq masofada aniqlash imkoniyatiga ega. Shu sababli, Eron hududidan uchirilgan raketa yoki dronlarni kuzatish bu tizim uchun oddiy vazifa edi.

Ammo arzon dron orqali yuqori texnologiyali radarga zarba berilgani hodisaga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026