ENRU

Yaponiyada "Tobutda meditatsiya" tez ommalashmoqda

Dunyo
16
Yaponiyada "Tobutda meditatsiya" tez ommalashmoqda
Yaponiyada odamlarni ajablantirayotgan yangi dam olish usuli tezda ommalashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endilikda ba’zi insonlar hayot haqida chuqurroq o‘ylash, ruhiy yengillik his qilish va o‘zlarini qayta tiklash maqsadida tobut ichida meditatsiya qilishni boshlashdi. Bu haqda New York Post ma’lumot bergan.

"Tobutda yotish" deb nomlangan bu xizmat dastlab Chiba prefekturasidagi dafn marosimi uyi tomonidan taklif qilingan edi. Biroq bu g‘oya odamlar orasida katta qiziqish uyg‘otgach, tez orada boshqa hududlarda ham tarqaldi.

Amaliyotning asosiy maqsadi – inson o‘limni ramziy ma’noda his qilib, hayotga boshqacha nazar bilan qarashi. Qatnashchilar taxminan 30 daqiqa davomida tobut ichida yotadilar: sukutda, xotirjam holda dam olib, o‘z hayotlaridagi muhim qarorlar va qadriyatlar haqida o‘ylaydilar.

Tokiodagi ba’zi markazlar esa bundan ham yumshoqroq formatni taklif etmoqda: meditatsiya uchun maxsus tayyorlangan, qulay dizayndagi "yoqimli tobutlar". Mijozlar o‘z xohishlariga ko‘ra, tobut eshigini ochiq yoki yopiq qoldirishlari, sokin musiqa tinglashlari, shiftidagi videoni tomosha qilishlari yoki umuman to‘liq jimlikda qolishlari mumkin.

Mutaxassislar bu tendensiyani yaponlarning "kuyo" an’anasi bilan uyg‘unligini ta’kidlashmoqda. Ushbu marosim va xotira tadbirlari insonlarga hayotning o‘tkinchi ekanligini eslatish, bugungi kunni qadrlashga undashga qaratilgan.

Loyiha mualliflari ham maqsad odamlarni qo‘rqitish emas, balki hayotni chuqurroq tushunishga va qadrlashga undash ekanini alohida ta’kidlashgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59