ENRU

Alla Pugacheva Kiprdagi uyini sotishga qaror qildi

Dunyo
47
Alla Pugacheva Kiprdagi uyini sotishga qaror qildi
Mashhur qo‘shiqchi Alla Pugacheva Kiprdagi hashamatli uyini sotib, xavfsizroq joyga ko‘chishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qarorga Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat va uyining Britaniya harbiy bazalariga yaqin joylashgani sabab bo‘lgan. Ma’lumki, bu bazalar Eron dronlari hujumiga duch kelishi mumkin.

Bu haqda rieltor Mark Gershkovich o‘z kuzatuvlari bilan bo‘lishdi. Mutaxassisning aytishicha, Limasol shahrida joylashgan bu ko‘chmas mulkni 4 million yevrodan 6 million yevrogacha sotish mumkin.

Qizig‘i shundaki, mintaqadagi siyosiy keskinlik Kiprdagi uy-joy narxlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Aksincha, qo‘shni davlatlardan kelayotgan badavlat insonlar oqimi sababli ko‘chmas mulk qiymati oshishi mumkin.

Alla Pugacheva va uning turmush o‘rtog‘i Maksim Galkin 2019 yilda Kiprda uch qavatli, 600 kvadrat metr maydonga ega qasr qurishni boshlagan edi. O‘sha vaqtda loyihaning qiymati 2,5 million yevrodan oshgan.

Dengiz bo‘yida joylashgan bu uy o‘zining panoramali derazalari va shinam terassalari bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda xonanda oilasi bilan xavfsizroq joy izlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoKecha, 15:33