ENRU

Eron neft omborlari zarbalari kislotali yomg‘irga sabab bo‘ldi

Dunyo
68
Eron neft omborlari zarbalari kislotali yomg'irga sabab bo'ldi
Eron hududidagi neft omborlariga qilingan zarbalardan so‘ng, ayrim hududlarda kislotali yog‘ingarchilik kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mutaxassislar bu holat atmosferaga chiqarilgan zararli moddalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Eron Qizil Yarim Oy jamiyati ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Tashkilot vakillariga ko‘ra, neft yoki yonilg‘i saqlanadigan ob’yektlarda yuz bergan portlashlar havoga ko‘p miqdorda zaharli kimyoviy birikmalar chiqaradi. Bu esa keyinchalik kislotali yog‘ingarchilik paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Mutaxassislar tushuntirishicha, bunday hujumlar natijasida atmosferaga yonish mahsulotlari, xususan, oltingugurt dioksidi va azot oksidlari kabi moddalar tarqaladi. Ushbu kimyoviy elementlar havodagi namlik bilan reaksiyaga kirishib, sulfat va nitrat kislotalarning kuchsiz eritmalarini hosil qiladi.

Natijada bu moddalar yog‘ingarchilik bilan yerga tushganda, kislotali yomg‘ir hosil bo‘ladi. Bunday yog‘ingarchilik tabiat va inson salomatligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Mutaxassislar kislotali yomg‘irning o‘simliklar o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, binolar va infratuzilma obyektlariga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, bu yomg‘ir inson terisida qichishish hissini keltirib chiqarishi va nafas yo‘llariga ta’sir qilishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59