Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Eron ichki ishlariga hech kim aralasha olmaydi degan bayonot

Dunyo
13
Eron ichki ishlariga hech kim aralasha olmaydi degan bayonot
Abbos Aroqchi Eronning ichki ishlariga hech kim aralasha olmasligini qat’iy ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, na Amerika Qo‘shma Shtatlari, na boshqa biror davlat Eronning ichki siyosiy jarayonlariga, jumladan yangi rahbarni tanlash masalasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin emas. Eron tashqi ishlar vaziri bir qancha muhim bayonotlar bilan chiqdi.

U mamlakat o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan muddatgacha o‘zini himoya qilishni davom ettirishini bildirdi. Shuningdek, Vashington tomonidan ilgari surilgan “so‘zsiz taslim bo‘lish” talabi Tehron tomonidan mutlaqo rad etilishini ma’lum qildi.

Aroqchiga ko‘ra, Eron Amerika bilan yuzaga kelgan mojaroga to‘liq nuqta qo‘yilishini talab qilmoqda. Agar bu amalga oshmasa, Tehron kurashni davom ettirishga tayyorligini bildirmoqda.

Vazir, shuningdek, qizlar maktabiga qilingan hujumda Amerika ishtirok etganiga rasmiy Tehron ishonch bildirganini aytdi. Aroqchi yana bir masalaga to‘xtalib, Eron Yaqin Sharqdagi qo‘shni davlatlarga hujum qilish niyatida emasligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronning ehtimoliy javob zarbalari ushbu mamlakatlarda joylashgan Amerika harbiy kuchlari va bazalariga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Eron tashqi ishlar vaziri mamlakat harbiylari haqida gapirar ekan, quyidagilarni ta’kidladi: “Bizning hududimizga bostirib kirgan har qanday dushmanga qarshi jang qilish, ularni yo‘q qilish va bartaraf etishga tayyor bo‘lgan jasur askarlarimiz bor.

Bu yaqin kunlarda ham, kelgusi yillarda ham, umuman har doim shunday bo‘lib qoladi. Biz jasur xalqmiz.

Buyuk sivilizatsiyaga egamiz. Mintaqamizni ming yillar davomida himoya qilib kelganmiz va zarur bo‘lsa, bundan keyin ham shunday qilamiz.” Aroqchi Amerika televideniyesidagi chiqishlaridan birida Eron Amerika va Isroil qo‘shinlari bilan yer usti yoki havo janglaridan qo‘rqmasligini ham ochiq aytdi.

Qiziqarli jihati shundaki, ko‘plab siyosiy tahlilchilar Eron tashqi ishlar vazirining shaxsiy jozibasi va nutq mahoratiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ularning fikricha, uning Amerika telekanallaridagi har bir chiqishi Donald Tramp reytingiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026