ENRU

Eron maktabiga zarba berishda AQSh ayblandi

Dunyo
18
Eron maktabiga zarba berishda AQSh ayblandi
Eronning Minab shahrida joylashgan maktabga qilingan zarba urushning eng fojiali va bahsli voqealaridan biriga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xalqaro axborot vositalari ushbu hujum ortida kim turgani haqida turli ma’lumotlarni tarqatmoqda. Reuters axborot agentligining xabariga ko‘ra, maktabga ehtimol Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiylari tomonidan zarba berilgan bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, The New York Times nashri maktabga qilingan hujumning yonida joylashgan harbiy obyektga berilgan zarba bilan bir vaqtda amalga oshirilganiga e’tibor qaratdi. Rasmiy Vashington esa bu voqea yuzasidan tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qilib, fuqarolik obektlariga ataylab zarba berilgani haqidagi ayblovlarni rad etmoqda.

Biroq hozircha Amerika tomonidan bu masala bo‘yicha aniq dalillar taqdim etilmagan. Eron 7 mart kuni BAAdagi AQShning Al-Darfa harbiy bazasiga zarba berdi.

Tehronning ta’kidlashicha, aynan shu baza Minabdagi maktabga qilingan hujumda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Eron Qurolli Kuchlari bosh shtabi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bazaga qilingan zarba natijasida halok bo‘lgan va jarohat olgan Amerika harbiylarining soni 200 nafardan oshgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda ushbu bazaga qilingan hujum haqidagi xabarlar tarqalgan paytda Amerika sobiq prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan “juda kuchli zarbalar” berilishi mumkinligini bildirgan. Ayrim kuzatuvchilar bu bayonotni Amerika harbiylari orasida katta yo‘qotishlar bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda.

Urush davomidagi eng bahsli bayonotlardan biri Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan aytildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u va Donald Tramp birgalikda “dunyoni qutqarish” vazifasini bajarishmoqda.

Qiziq tomoni shundaki, bu gaplar jiddiy ohangda aytilgan. Kuzatuvchilarning fikricha, “dunyoni qutqarish operatsiyasi” boshlanishidan oldin dunyodagi vaziyat hozirgidan ancha tinchroq edi.

Shu orada Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Amerika telekanallaridan biriga intervyu berdi. Suhbat davomida jurnalist undan: “Mamlakatingizga Amerika harbiylari quruqlik orqali hujum qilishi mumkin.

Siz bundan qo‘rqmaysizmi?” deb so‘radi. Aroqchi bu savolga keskin javob berib: “Yo‘q, aksincha, biz ularni kutyapmiz”, dedi.

Bu bayonot ayrim tahlilchilar tomonidan juda qat’iy chaqiriq sifatida baholangan. Ko‘pchilik urushni qoralayotgan bo‘lsa-da, ayrim kuzatuvchilar fikricha, masofadan turib raketa otishdan ko‘ra, yuzma-yuz jang qilish ancha ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurash hisoblanadi.

Shu bilan birga, ba’zi tahlilchilar Amerika qo‘shinlari bunday ssenariyga jur’at qilishi qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Chunki Eron hududiga kirib jang qilish oddiy harbiy operatsiya emas, balki murakkab va katta xavf-xatarlar bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi.

Agar urush faqat bir kishini o‘ldirish bilan yakunlanganida edi, Eron albatta boshqa yo‘l tutardi, biroq hozirgi vaziyat murakkab va ko‘p tomonlama hisob-kitoblarga asoslangan. Shuning uchun ham xalqaro hamjamiyat ushbu mojaroning tinch yo‘l bilan hal etilishi uchun harakat qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59