Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+17°
ясно ветер 2 м/с, В
ENRU

Trampning qo‘llab-quvvatlash darajasi tarixiy pastlikka tushdi

Dunyo
23
Trampning qo'llab-quvvatlash darajasi tarixiy pastlikka tushdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning qo‘llab-quvvatlash darajasi Yaqin Sharqdagi yangi mojarolar ortida keskin pasayib, o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

So‘nggi o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra, uning reytingi jami 36 foizni tashkil qilmokda. Bu raqam prezidentning lavozimga qaytgan dastlabki oylarida 47 foizni, Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar boshlanishidan avval esa 40 foizni tashkil qilgan edi.

Demak, ahvolning kunda xunuklashgani aniq ko‘rinmoqda. Reuters va Ipsos tashkilotlari o‘tkazgan keng qamrovli so‘rovlardan kelib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik aholining atigi yarmi ham Trampning narx-navo siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlamaydi.

Xususan, atigi 25 foiz fuqaro iqtisodiyotdagi narxlarni boshqarishda prezidentning sa’y-harakatlarini ma’qullaydi. Iqtisodiyot sohasidagi umumiy ko‘rsatkichlar esa hali ham yomonroq bo‘lib, faqat 29 foiz aholi Oq uy rahbarining iqtisodiy kursini yuqori baholaydi.

Shu bilan birga, aholining 61 foizi AQShning Eron bilan olib borilayotgan harbiy harakatlarini noto‘g‘ri va asossiz deb hisoblaydi. Aholining katta qismi, ya’ni 63 foizini mamlakat iqtisodiyotining hozirgi holatini zaif deb baholagan.

Mutaxassislar reytingning shu qadar tushib ketishiga asosiy sabab sifatida Eron bilan kengayib borayotgan mojarolar va kundalik hayotda benzin hamda turmush xarajatlarining keskin oshishini ko‘rsatmoqda. Bu omillar odamlarning kunkechlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Juda muhim jihat shundaki, Donald Tramp o‘zining saylov kampaniyasi davomida yangi urushlardan qochish va tinchlikni saqlashga urg‘u berishni va’da qilgan edi. Ammo bugungi kunda Eron bilan yuzaga kelgan ziddiyatlar va neft narxining oshishi uning siyosiy pozitsiyasiga jiddiy bosim o‘tkazmoqda.

Xalqning umidlarini oqlay olmaslik va’da berilgan tinchlikka nishon olishiga olib keldi. Hozirgi vaziyatda prezidentning siyosiy kelajagi ancha noaniq bo‘lib qolgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026