Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Shtaynmayer AQSh va Isroilning Eronga qarshi yurishini keskin tanqid qildi

Dunyo
48
Shtaynmayer AQSh va Isroilning Eronga qarshi yurishini keskin tanqid qildi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer AQSh va Isroilning Eronga qarshi boshlangan harbiy yurishini keskin tanqid qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu harakatni xalqaro huquq normalariga zid bo‘lgan jiddiy siyosiy xato deb baholadi. Prezident 24 mart kuni Berlinda Germaniya Tashqi ishlar vazirligining yetmish besh yilligi sharafiga tashkil etilgan marosimda nutq sozlab, mojaroni oldini olish imkoni borligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqealar Vashington va uning ittifoqchilari o‘rtasidagi ishonchni sustaytirish bilan birga, Amerika Birlashgan Shtatlarining global qudratiga ham putur yetkazdi. Shtaynmayer AQShdagi hozirgi hokimiyat bilan munosabatlar tubdan o‘zgarganini, Donald Tramp ikkinchi muddati boshlanganidan keyin eski davrga qaytishning imkoni yo‘qligini aytdi.

U Berlinning Vashington bilan pragmatik hamkorlik qilishini, lekin o‘z qadriyatlaridan voz kechmasligi va xalqaro huquq buzilishlarini e’tiborsiz qoldirmasligi kerakligini ta’kidladi. Prezidentning fikricha, agar Germaniya xalqaro huquqqa bo‘lgan hurmatni ochiqdan-ochiq aytmasa, uning xalqaro arenaadagi obro‘si pasayadi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining qoidalar va huquqiy me’yorlar asosida tuzilganini eslatib, agar Yeuropaning dunyoqarashi faqat kuchga asoslangan bo‘lsa, o‘z kelajagiga ziyon yetkazishini ogohlantirdi. Tadbirda so‘zlagan Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful transatlantik munosabatlarda katta o‘zgarishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa xavfsizligi yetmish besh yil ichidagi eng jiddiy tahdidlarga duch kelmoqda va buni eng ustuvor vazifa sifatida ko‘rish lozim. Shu bilan birga, urushdan keyingi davrda AQShning Germaniya uchun tarixiy ahamiyatini unutmash kerakligi ham eslatib o‘tildi.

Ushbu fikrlar Yevropa va Amerika o‘rtasidagi hamkorlikning kelajakdagi yo‘nalishini belgilashda muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026