Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hindistonda yoqilg‘i tanqisligi sababli uzun navbatlar hosil bo‘lmoqda

Dunyo
68
Hindistonda yoqilg'i tanqisligi sababli uzun navbatlar hosil bo'lmoqda
Hormuz bo‘g‘ozi yopilishi natijasida dunyodagi eng katta iqtisodiy zarbalardan birini his qilayotgan davlatlardan biri Hindiston bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat ichida yoqilg‘i ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat har kuni yanada murakkablashib bormoqda va bu holat aholi hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi kunlarda ommaga tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, neft kompaniyalarining hisob-kitob tizimida yuz bergan o‘zgarishlar va Yaqin Sharqdagi keskin siyosiy vaziyat yoqilg‘i tanqisligini avj oldirgan.

Natijada, ko‘plab hududlarda yoqilg‘i quyish shoxobchalari oldida uzun navbatlar hosil bo‘lib, odamlar orasida kuchli xavotir uyg‘ongan. Ba’zi mintaqalarda avtomobillar navbatining uzunligi besh yuz metrni ham oshib ketgani qayd etilgan.

Kishilar kelajakda yoqilg‘i topolmasdan qolib ketish xavfiga qarab, zaxira qilishga shoshilmoqda. Bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirib, shoxobchalardagi tartibsizliklarni oshirmoqda.

Ba’zi joylarda navbat kutayotgan odamlar o‘rtasida tortishuvlar va hatto janjallar ham kuzatilgan. Mutaxassislar bunday holatlar uzoq davom etsa, jamiyatda ijtimoiy keskinlikning yanada kuchayishi mumkinligini ogohlantirmoqda.

Hozircha mamlakat rasmiylari vaziyatni tez orada barqarorlashtirish uchun zarur choralar ko‘rilayotganini e’lon qilgan bo‘lsalardam, yoqilg‘i ta’minotidagi uzilishlar xalq turmushiga chuqur salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Odamlar kundalik ishlari va xonadoni ehtiyojlarini yoqilg‘i tanqisligi tufayli to‘xtatishga majbur bo‘lmoqda.

Agar bu muammo yaqin kelajakda hal qilinmasa, iqtisodiyotga bo‘lgan ishonchning pasayishi va narxlarning keskin oshishi kabi yangi muammolar ham kelib chiqishi ehtimoli bor. Xalqchilik va tinchlikni saqlash uchun davlat hokimiyati tezkor va samarali qarorlar qabul qilishi juda muhimdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026