Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+10°
переменная облачность ветер 2 м/с, СЗ
ENRU

NATO Yaqin Sharq urushiga qaramay Ukrainaga yordamni davom ettirmoqda

Dunyo
19
NATO Yaqin Sharq urushiga qaramay Ukrainaga yordamni davom ettirmoqda
NATO bosh kotibi Mark Rutte 26 mart kuni Yaqin Sharqdagi urushga qaramay, alyansning xarid tizimi orqali Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bryusselda so‘zlaganida, PURL mexanizmi orqali xarid qilingan muhim harbiy uskunalar, xususan, Yevropadagi ittifoqchilar tomonidan sotib olingan va AQShda ishlab chiqarilgan qurollar hozirgi kunda ham Kiyevga yetkazilayotganini ta’kidladi. Bu haqda DW.com sayti xabar berdi.

Ruttening so‘zlariga ko‘ra, NATO allaqachon Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni, jumladan qurol-aslaha yetkazib berishni, o‘quv dasturlarini amalga oshirishni hamda a’zo davlatlar o‘rtasida tajriba almashinuvini muvofiqlashtirmoqda. Shu bilan birga, u alyans o‘zini urushning bir tomonida deb hisoblamasligini bildirgan va NATOning Ukrainaning mudofaa tizimidagi ishtiroki darajasini aniqlab berishdan tiyilgan.

Mark Rutte yana bir bor ta’kidlashicha, Ukraina NATOga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega, ammo hozircha a’zolik masalasi ko‘rib chiqilmayapti. Unga ko‘ra, Ukraina xavfsizligi NATO mamlakatlari xavfsizligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash alyansning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Rutte Rossiyani Yevroatlantika xavfsizligiga eng jiddiy va bevosita tahdid deb atadi. U Moskvaning kibehujumlar, sabotaj va yolg‘on ma’lumotlar tarqatish orqali G‘arb jamiyatlarini zaiflashtirishga harakat qilayotganini tanqid qildi.

Bundan tashqari, Rossiyaning Eron, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan aloqalari kuchayib borayotgani alyans uchun xavf-xatarlarni oshirayotganini ogohlantirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026