Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Moskvada qiz onasi bilan janjallashib 88 ming dollarni derazadan tashladi

Dunyo
25
Moskvada qiz onasi bilan janjallashib 88 ming dollarni derazadan tashladi
Moskva shahrining Meshchan tumanida yosh qiz onasi bilan janjallashib, ichida jami 88 ming dollar bo‘lgan 100 dollarlik pullar solingan sumkani derazadan tashlab yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Rossiyadagi turli axborot manbalari, xususan Mash, 112, REN TV va TASSning xabar berishicha, qiz onasi bilan tortishuv paytida pullarni havoga uloqtirishga qaror qilgan. Pul havoga sochilgach, ko‘chadagi o‘smirlar ularning bir qismini yig‘ib oldi.

Telegram-kanallar ma’lumotiga ko‘ra, o‘smirlar topilgan pullarning ayrim qismini o‘zlari uchun saqlab, qolganini yoqib yuborgan. Ba’zi kupyuralar esa qushlar tomonidan olib ketilgan.

REN TV nashri yozishicha, tumshug‘ida pul bor qarg‘alar hayratda qolgan odamlar ustida uchib yurgan. Mash xabariga ko‘ra, o‘smirlar 83 ming dollarni o‘zlarida qoldirib, qolgan 5 ming dollarni yoqib yuborgan.

So‘ngra ular topilgan pullar haqida ota-onalariga xabar bergan. Kattalar esa pulni egasiga qaytarishga qaror qilgan.

REN TV ham eng ko‘p summaning egasiga qaytarilganini tasdiqladi. TASS agentligi huquq-tartibot idoralari manbasiga tayanib, 83 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

Ammo pullar egasiga faqat barcha holatlar oydinlashtirilgach qaytarilishi aytilmoqda. Shuningdek, TASS o‘smirlar tomonidan pullarning bir qismining yoqilganini qayd etdi, lekin qushlar olib ketgan kupyuralar haqida ma’lumot bermadi.

Ushbu voqea shahar ahlini diqqatini tortdi va ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik bolaning bu harakatiga hayratda bo‘ldi, ba’zilari esa holatni hazil tariqasida qabul qildi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026