ENRU

Hormuz bogozida ilk savdo kemasi xavfsiz harakatlandi

Dunyo
17
Hormuz bogozida ilk savdo kemasi xavfsiz harakatlandi
Eron davlat teleradiokompaniyasining xabar berishicha, Vashington va Tehron o‘rtasida erishilgan ikki haftalik sulh kelishuvidan so‘ng, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali ilk savdo kemasi muvaffaqiyatli o‘tib oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur kema bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishi uchun Eron rasmiylaridan tegishli ruxsatni olgan. Pentagon rahbari Pit Hegset matbuot anjumanida bo‘g‘oz kemalar qatnovi uchun ochiq ekanini tasdiqladi.

Uning qayd etishicha, Eron harbiylari savdo kemalarining xavfsizligini ta’minlamoqda va har ikki taraf vaziyatni kuzatuv ostida ushlab turibdi. Shunga qaramay, AQSH harbiylari kelishuvga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Yaqin Sharq hududida yaqin masofada joylashgan.

Ayni paytda Reuters agentligi manbalari Eron ayrim hududlarda cheklovlarni saqlab qolayotgani va ruxsatsiz o‘tishga uringan kemalar uchun xavf mavjudligidan ogohlantirmoqda. Keyinchalik Eronning Fars agentligi Isroilning Livandagi harbiy harakatlari fonida tankerlar qatnovi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Pokistonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Eron rasmiylari bo‘g‘ozni cheklangan va nazoratli rejimda ochishga va’da bergan bo‘lsa-da, xalqaro kemachilik kompaniyalari hali ham jiddiy xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxiriga qadar dunyo neft ta’minotining beshdan bir qismi aynan shu yo‘lak orqali tashilgan.

Harbiy keskinlik avj olgach, Eron bo‘g‘ozni to‘sib qo‘ygan edi. Aprel oyi boshida AQSH va Eron ikki haftalik sulhga kelishdi.

Donald Tramp Vashington bo‘g‘ozni ochish sharti bilan Eron hududiga zarbalar berishni to‘xtatishini bildirgan. Isroil ushbu tinchlik tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Livandagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Sakkizinchi aprel kuni Isroil Livanga urush boshlanganidan buyon eng yirik zarbani berganini e’lon qildi. Hozirgi vaziyatda mintaqadagi xavfsizlik va logistika masalalari jahon hamjamiyati diqqat markazida qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida yong'in kelib chiqdi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroport hududiga ballistik raketa yoki uchuvchisiz qurilma zarbasi berilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:21
Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolari xavfsizlik choralari haqida ogohlantirildi
Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston fuqarolari xavfsizlik choralari haqida ogohlantirildi
Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Saudiya Arabistoniga safar qilishni rejalashtirayotgan hamda ayni vaqtda ushbu mamlakat hududida bo‘lib
DunyoKecha, 23:32
Putin Ashxobodda MDH va Kaspiy sammitida qatnashadi
Putin Ashxobodda MDH va Kaspiy sammitida qatnashadi
Markaziy Osiyo mintaqasi navbatdagi yirik xalqaro siyosiy muloqot markaziga aylanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 8 oktyabr kuni ikki kunlik
DunyoKecha, 05:57
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan
Fors ko‘rfazida neft tankeriga harbiy snaryadlar orqali zarba yo‘llangan Yaqin Sharqdagi eng muhim neft arteriyasi bo‘lgan Fors ko‘rfazida harbiy keskinlik yangi xavfli bosqichga chiqdi. Bu haqda
DunyoKecha, 05:09
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi va mamlakatga qaytarildi
Turkiyada uzoq vaqt davomida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida qo‘lga olindi va mamlakatimizga
DunyoKecha, 04:44
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyada dani xalqi ajdodlarining jasadini uch asrdan buyon saqlamoqda
Indoneziyaning Papua tog‘li hududida joylashgan Jivika qishlog‘ida yashovchi dani xalqi o‘z ajdodlarining jasadini qariyb 350 yildan buyon mo‘miyolangan holda saqlab kelmoqda. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 04:27