Bugun
Apple iPhone Duo ekranida nosozliklar aniqlandi
+18°
ясно ветер 2 м/с, З
ENRU

Eron Trampning sulh taklifini bekor qildi

Dunyo
21
Eron Trampning sulh taklifini bekor qildi
Yaqin Sharqda vaziyat yana-da murakkablashib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Eron rahbariyati Amerika Birlashgan Shtatlari bilan o‘t ochish to‘xtatilishini uzaytirish taklifiga qarshi ekanligini ochiq aytdi. Tasnim axborot agentligiga ko‘ra, Tehron Donald Trampning sulh muddati to‘g‘risidagi so‘roviga javoban hech qanday rasmiy murojaat qilmagan.

Aksincha, Eron tomoni Vashingtonni “mojaroda g‘alaba qozona olmagan” deb atamoqda. Manbalar ta‘kidlashicha, Eron hukumati Amerika harbiy yo‘l bilan maqsadiga erisha olmasligini tushungan.

Shuning uchun ham AQSh mojarodan chiqishga harakat qilmoqda. Biroq Tehron sulh hatto uzaytirilsa ham xatarlarning to‘liq yo‘q bo‘lmayotganini e’tirof etmoqda.

Xususan, Amerika va Isroil tomonidan terrorchi harakatlar uyushtirilishi mumkinligi kabi ehtimollar Eron uchun jiddiy xavf sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Hormuz bo‘g‘ozidagi ahvol ham alohida e’tiborni talab qilmoqda.

Amerika dengiz blokadasini davom ettirsa, mojaro yanada cho‘zilishi mumkin. Eron esa ushbu yo‘lni yopiq qoldirmaslikka va zarurat bo‘lsa, kuch bilan ochishga tayyor ekanini bildirdi.

21 aprel kuni Eron AQSh bilan yangi muzokara bosqichi uchun Pokistonga borishdan voz kechdi. Bunga sabab Vashingtonning shartlarni buzishi va qo‘shimcha talablar qo‘yishigi ko‘rsatildi.

Shunga qaramay, Donald Tramp sulhni muddatsiz uzaytirish to‘g‘risida bayonot berdi. U bu qarorni Pokiston rahbariyati iltimosiga asoslangan deb ta‘kidlamoqda.

Eron parlamenti spikeri maslahatchisi Mahdiy Muhammad esa sulhni cho‘zishning hech qanday foydasi yo‘qligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yutqazgan tomon shart qo‘ya olmaydi”.

Dengiz blokadasi bombardimon bilan teng, shuning uchun ham harbiy javob berish lozim, deb u qo‘shimcha qildi. Natijada, ikkala tomon o‘rtasidagi nizo‘ yanada kuchaymoqda.

Vaziyat yangi keskin bosqichga kirish arafasida turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 16:59
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi suniy intellekt yordamida 370 kitob yaratdi
Janubiy Afrika yozuvchisi Coral Hart suniy intellekt vositalaridan foydalanib, 20 oy ichida 370 dan ortiq kitob yaratgan. AFP ma'lumotlariga ko'ra, 2026 yil boshidan
DunyoBugun, 15:33
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurdi hamkorlik kuchaytirildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 24 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasiga keldi. U Yangi Yalu daryosi ko‘prigi orqali Dandong shahriga
DunyoBugun, 11:51
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil Gʻarbiy Sohilida 60 yillik eng katta operatsiyani boshlaydi
Isroil hukumati 1967 yildagi "Olti kunlik urush"dan bu yana Gʻarbiy Sohilda eng miqyosli harbiy amaliyotni boshlash va falastinlik aholiни majburiy koʻchirishga hozirlik koʻrmoqda. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 11:27
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishgi vaqt rejimiga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kuni yozgi vaqt rejimidan qishgi vaqt rejimiga o‘tib, soat millarini bir soat orqaga surdi. Shu sababli Markaziy Yevropa
DunyoBugun, 10:59
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada norozlik kuchayib 70 ming xavfsizlik kuchi jalb qilindi
Fransiyada hukumat siyosatiga qarshi keng qamrovli ijtimoiy norozilik to‘lqini boshlandi. Mamlakat bo‘ylab 400 mingdan ortiq fuqaro ko‘chalarga chiqib, o‘z talablarini
DunyoBugun, 10:29