Bugun
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
+15°
небольшая облачность ветер 2 м/с, С
ENRU

Eron internet kabellari uchun texnologik kompaniyalardan to‘lov talab qilmoqda

Dunyo
23
Eron internet kabellari uchun texnologik kompaniyalardan to'lov talab qilmoqda
Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozi tubidan o‘tuvchi suvosti internet kabellaridan foydalanayotgan yirik texnologik kompaniyalardan maxsus to‘lov undirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

CNN telekanali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy Tehron ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, xalqaro aloqa tarmoqlarini uzib qo‘yish ehtimoli borligidan ogohlantirmoqda. Mazkur chora orqali mamlakat jahon iqtisodiyotining muhim qismi hisoblangan strategik yo‘nalishdan daromad olishni ko‘zlamoqda.

Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan kabellar Yevropa, Osiyo va Fors ko‘rfazi mintaqalari o‘rtasidagi internet trafigi hamda yirik moliyaviy amaliyotlarni ta’minlovchi asosiy arteriya hisoblanadi. Qayd etilishicha, Eron dunyoning eng yirik texnologik korporatsiyalaridan ushbu hududdagi infratuzilmadan foydalanganlik uchun haq talab qilish niyatida.

Agar kompaniyalar belgilangan to‘lovlarni amalga oshirmasa, ularga nisbatan internet trafigini cheklash yoki butunlay to‘xtatib qo‘yish kabi tahdidlar ilgari surilmoqda. Xususan, Tehron ma’muriyati Google, Microsoft, Meta va Amazon kabi gigant kompaniyalardan Eron qonunchiligiga bo‘ysunishni va tegishli litsenziya to‘lovlarini to‘lashni so‘ramoqda.

Shuningdek, suvosti kabellarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish huquqi faqat mahalliy Eron korxonalariga berilishi mumkinligi haqida shartlar qo‘yilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, suvosti aloqa tarmoqlariga yetkaziladigan har qanday zarar butun dunyo bo‘ylab trillionlab dollarlik ma’lumotlar almashinuviga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va global internet tizimida jiddiy uzilishlarni keltirib chiqaradi.

Shu bilan birga, AQSHda hokimiyat almashinuvi va tashqi siyosatdagi o‘zgarishlar fonida mintaqadagi ziddiyatlar yanada kuchayishi mumkinligi haqida xavotirlar bildirilmoqda. Eron o‘zining geografik joylashuvidan nafaqat harbiy maqsadlarda, balki global iqtisodiyotga ta’sir o‘tkazuvchi muhim richag sifatida foydalanishga intilmoqda.

Hormuz bo‘g‘ozining strategik ahamiyati Tehron uchun uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy ustunlik manbaiga aylanib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoy yigiti Myanmada firibgarlik tarmog'iga sotildi
Xitoyda 19 yoshli yigit sevgilisi sozlagan aldov tuzog‘iga tushib, Myanmada firibgarlik tarmog‘iga sotib yuborilgan. Qiz uni daromadli ish va boy hayot va’dasi bilan
DunyoBugun, 11:46
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Messi Ispaniya qirolligi bilan kechki ovqatda ishtirok etdi
Argentinalik futbolchi, sakkiz marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messi Ispaniya qiroli Felipe VI va qirolicha Letisiya ishtirokidagi rasmiy kechki ovqatda ishtirok etdi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoBugun, 11:11
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Ronaldu Portugaliyada mineral suv zavodi qurmoqda
Portugaliya futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu mamlakat shimolidagi Gostey qishlog‘ida mineral suv ishlab chiqarish zavodini qurmoqda. Loyihaga qariyb 20 million yevro
DunyoBugun, 10:59
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
Texasda yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti topildi
AQSHning Texas shtatida yovvoyi elkda Yangi Dunyo vint qurti paraziti aniqlandi. Bu mamlakatda parazitning yovvoyi hayvonda qayd etilgan ilk holati bo‘lib, AQSH Qishloq
DunyoBugun, 10:13
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt arizalari sud tizimini og'irlatmoqda
Germaniyada sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan sud arizalari hajmi keskin oshib, adliya tizimi uchun katta muammo yaratmoqda. Murojaatchilar ChatGPT kabi
DunyoKecha, 23:16
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon rahbarlari bilan uchradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxoboddagi uchrashuvda Turkmanistonning G‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya jamg‘armasi
DunyoKecha, 19:06