Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+10°
ochiq shamol 1 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Amazon kuryeri talabalar o‘rniga imtihon topshirib uch yilga qamaldi

Dunyo
33
Amazon kuryeri talabalar o‘rniga imtihon topshirib uch yilga qamaldi
Buyuk Britaniyada Amazon kuryeri talabalar o‘rniga imtihon topshirgani va o‘quv ishlarini bajarib bergani uchun uch yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

BBC xabariga ko‘ra, 43 yoshli Shahid Adnan bu yo‘l bilan taxminan 3,1 million dollar, ya’ni 2,4 million funt sterling atrofida daromad qilgan. Adnan falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lib, kuryerlik bilan shug‘ullangan.

Shu bilan birga, u talabalarga pul evaziga turli xil noqonuniy yordam ko‘rsatib kelgan. U test sinovlarini yechib bergan, kurs ishlarini yozgan va ba’zi buyurtmalar uchun 18 ming dollargacha haq olgan.

Bu jinoiy sxema 2023 yilda tasodifan ochilgan. Talaba qizlardan biri kurs ishi saqlangan USB xotira qurilmasini o‘qituvchisiga topshirgan.

Qurilmani tekshirish jarayonida o‘qituvchi unda universitet tizimiga kirish uchun foydalanuvchi nomlari va maxfiy so‘zlar ham borligini aniqlagan. Aynan shu ma’lumotlar Adnanga talabalar nomidan tizimga kirish va ularning o‘rniga ishlarni bajarish imkonini bergan.

Tergov davomida politsiya uning uyidan katta miqdorda naqd pul topgan. Bundan tashqari, bank hisobvaraqlarida 3,1 million dollardan ortiq mablag‘ borligi ma’lum bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Adnan dunyoning turli davlatlaridagi universitetlarda o‘qiydigan kamida 124 nafar talabaning o‘quv ishlarini bajarib bergan bo‘lishi mumkin. Hozirda bu holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026