Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda ayblanuvchi umrbod qamaldi

Dunyo
17
Turkiyada O‘zbekiston fuqarosini o‘ldirganlikda ayblanuvchi umrbod qamaldi
Turkiyada 63 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Dinara Alya Urqosimovani o‘ldirganlikda ayblangan Metin Kapusuz og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ayol jasadini elastik plyonka bilan o‘rab qo‘ygani ham tergovda aniqlangan. Bu haqda Turkiya matbuoti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2025 yil 21 iyun kuni Chanoqqal’a viloyatining Esenler mahallasida sodir bo‘lgan. Marhumadan uch kun davomida darak bo‘lmagach, uning yaqinlari politsiyaga murojaat qilgan.

Politsiya xodimlari Dinara Alya Urqosimova yashagan manzilga borganda, uy eshigini uning 48 yoshli tanishi Metin Kapusuz ochgan. Tekshiruv paytida massaj xonasidan ayolning jonsiz tanasi topilgan.

Shundan so‘ng Kapusuz voqea joyida ushlanib, hibsga olingan. Tergov yakuniga ko‘ra, gumonlanuvchiga “ayol kishini qasddan o‘ldirish” moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

2026 yil 12 iyun kuni o‘tgan sud majlisida Metin Kapusuz o‘z aybini rad etgan. U sudda ayolni o‘zi o‘ldirmaganini, faqat vafotidan keyin jasadini o‘raganini va telefonidagi ma’lumotlarni o‘chirganini aytgan.

Biroq sud dalillar va ish materiallarini o‘rganib chiqib, uning aybi to‘liq isbotlangan, degan xulosaga kelgan. Sud hay’ati ayblanuvchiga nisbatan yengillashtiruvchi holatlarni qo‘llamagan va uni og‘irlashtirilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026