Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 12 noyabr
+5°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Hindistonda Telegram vaqtincha bloklandi

Dunyo
22
Hindistonda Telegram vaqtincha bloklandi
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarini qayta topshirish jarayonida Telegram messenjeri 22 iyungacha vaqtincha bloklandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. 21 iyun kuni mamlakat bo‘ylab millionlab abituriyentlar tibbiyot oliygohlariga milliy kirish imtihoni — NEET-UG‘ni qayta topshiradi.

May oyida o‘tkazilgan imtihon natijalari savollar tarqalib ketgani haqidagi ayblovlar sabab bekor qilingan edi. Imtihonlarni tashkil etuvchi Milliy imtihon agentligi ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlab, bu chora “platformadan firibgarlar tomonidan abituriyentlarni aldash maqsadida uyushgan tarzda foydalanilishi”ga javoban qabul qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bir nechta Telegram kanallari ma’murlari abituriyentlar va ularning ota-onalaridan imtihon savollari sifatida taqdim etilgan materiallarga kirish uchun yuz minglab rupiy talab qilgan. Idora vakillari esa bunday materiallar himoyalangan imtihon tizimidan tashqarida mavjud emasligini ta’kidlagan.

Internet foydalanuvchilari va huquq himoyachilari mazkur taqiqni tanqid qilib, uni imtihonlardagi firibgarlik bilan bog‘liq ancha jiddiy muammoning vaqtinchalik yechimi deb atadi. Ma’lumot uchun, NEET — Hindiston tibbiyot kollejlariga qabul qilishning asosiy imtihoni hisoblanadi.

2026 yil 3 may kuni o‘tkazilgan imtihonda mamlakat bo‘ylab 2,28 million nafar abituriyent ishtirok etgan. Oradan bir necha kun o‘tib, imtihon savollari tarqalgani haqidagi xabarlar jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng Milliy test markazi natijalarni haqiqiy emas deb topib, qayta imtihonni 22 iyunga belgiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026