Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Polshada rossiyalik rassom Semyon Skrepetskiy o‘q bilan o‘ldirildi

Dunyo
19
Polshada rossiyalik rassom Semyon Skrepetskiy o‘q bilan o‘ldirildi
Polshada istiqomat qilib kelgan rossiyalik rassom Semyon Skrepetskiy, haqiqiy ismi Robert Kuzovkov, otib o‘ldirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Hodisa Byala-Podlyaska shahrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs rassomga avtoturargoh hududida yaqin masofadan bir necha bor o‘q uzgan.

Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar jabrlanuvchini qutqarib qola olmagan. Hodisadan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar keng qamrovli qidiruv ishlarini boshlagan.

Dastlabki tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatda ikki kishi ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Ayrim manbalarda gumonlanuvchilardan biri Belarus fuqarosi ekani va qo‘lga olingani aytilmoqda.

Rasmiy tafsilotlar hali to‘liq e’lon qilinmagan. Semyon Skrepetskiy Vladimir Putin, Aleksandr Lukashenko va boshqa siyosiy rahbarlarga bag‘ishlangan keskin mazmundagi karikaturalari bilan tanilgan edi.

U 2021-yildan beri Polshada yashab kelayotgandi. Rassomning ijodi ko‘proq siyosiy tanqid va ijtimoiy mavzularga qaratilgani bilan e’tiborga tushgandi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026