ENRU

Xitoyda ayol o‘g‘lining sun’iy intellekt nusxasi bilan suhbatlashdi

Dunyo
8
Xitoyda ayol o‘g‘lining sun’iy intellekt nusxasi bilan suhbatlashdi
Xitoyda jamoatchilikni hayratda qoldirgan va shu bilan birga bahsli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

80 yoshli ayol bir yil davomida avtohalokatda vafot etgan o‘g‘lining sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan raqamli nusxasi bilan muloqot qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Oila a’zolari og‘ir xabarni onaga darhol yetkazish uning ruhiy holatiga og‘ir ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblagan.

Shu sababli ular marhumning fotosuratlari, videolari va ovoz yozuvlari asosida uning raqamli nusxasini yaratishgan. Yaratilgan dastur erkakning tashqi ko‘rinishini, ovozini, gapirish ohangini va ba’zi xatti-harakatlarini aniq aks ettirgan.

Ayol esa uzoq vaqt davomida bu suhbatni haqiqiy muloqotdek qabul qilib, o‘g‘li bilan avvalgidek gaplashib kelgan. Hozirda bu holat nafaqat texnologiyaning imkoniyatlari, balki uning axloqiy va ruhiy tomonlari bo‘yicha ham keng muhokama qilinmoqda.

Ba’zi kishilar bunday yondashuvni onaga qo‘llab-quvvatlashdek baholasa, boshqalar yaqin kishining vafotini yashirish va uning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish noto‘g‘ri, deb hisoblamoqda. Mutaxassislar bunday holatlarda oila a’zolari oldindan rozilik olmasdan rasmlar, ovoz yozuvlari va shaxsiy ma’lumotlardan foydalanmasligi, shuningdek, insonlarga ruhiy yordam ko‘rsatish muhimligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Putin farmoni: O'zbekistonga naqd rubl olib chiqish cheklovlari kuchaytirildi
Putin farmoni: O'zbekistonga naqd rubl olib chiqish cheklovlari kuchaytirildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan yangi farmon, Rossiyadan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) a’zo davlatlariga naqd rubl
DunyoBugun, 04:46
Tramp Kim Chen In bilan do‘stona aloqalari borligini tasdiqladi
Tramp Kim Chen In bilan do‘stona aloqalari borligini tasdiqladi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp xalqaro yadroviy xavfsizlik masalasida navbatdagi shov-shuvli bayonotini berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada u
DunyoBugun, 04:15
Isroil qiruvchi samolyotlari xavf signali bergan laynerni kuzatmoqda
Isroil qiruvchi samolyotlari xavf signali bergan laynerni kuzatmoqda
Dubaydan Tel-Aviv shahriga yo‘l olgan FlyDubai aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti parvoz vaqtida bort o‘g‘irlanganini anglatuvchi maxsus xavf signalini uzatdi, bu esa mintaqada
DunyoBugun, 03:36
«FlyDubai» samolyoti ekipaj janjali sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
«FlyDubai» samolyoti ekipaj janjali sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Yaqin Sharq uzra havodagi jiddiy xavotirga sabab bo‘lgan FlyDubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan yo‘lovchi layneri bilan bog‘liq tahlikali holat xayrli yakun topdi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:30
Tramp rasmiy hujjatlarda suniy intellekt atamasini ishlatishni taqiqladi
Tramp rasmiy hujjatlarda suniy intellekt atamasini ishlatishni taqiqladi
AQSH Prezidenti Donald Tramp federal hukumatning rasmiy hujjatlarida sun’iy intellekt atamasini qo‘llashni taqiqlab, uning o‘rniga super intellekt iborasini kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
DunyoBugun, 02:37
Mixail Galustyanning Dushanbega tashrifi Tojikiston jamoatchiligining keskin e'tiroziga sabab bo'ldi
Mixail Galustyanning Dushanbega tashrifi Tojikiston jamoatchiligining keskin e'tiroziga sabab bo'ldi
Rossiyalik taniqli hajviyachi, aktyor va boshlovchi Mixail Galustyanning Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrifi mahalliy aholi, jamoatchilik faollari hamda blogerlarning keskin noroziligiga
DunyoBugun, 02:18