Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Anqara «Turkiya asri» darsliklarda «Markaziy Osiyo»ni «Turkiston»ga almashtirdi

Dunyo
52
Anqara «Turkiya asri» darsliklarda «Markaziy Osiyo»ni «Turkiston»ga almashtirdi
Anqara “Turkiya asri” yangi ta’lim yondashuvi doirasida maktab tarix darsliklariga jiddiy o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Endi darsliklarda uzoq yillar davomida qo‘llanib kelingan “Markaziy Osiyo” atamasi o‘rniga “Turkiston” tarixiy nomi ishlatiladi. Bu o‘zgarish shunchaki nom almashtirish emas.

U Turkiyaning mintaqa bilan tarixiy va madaniy aloqasini kuchaytirish, turkiy xalqlar umumiy merosini ta’lim tizimi orqali yangicha shakllantirishga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda. Turkiya Ta’lim vazirligi bu qarorni mintaqaning turkiy dunyoning umumiy tarixiy makoni ekanligi bilan izohlamoqda.

Rasmiy yondashuvga ko‘ra, darsliklarda qadimiy turkiy sivilizatsiyalar, ularning madaniy merosi va zamonaviy Turkiya o‘rtasidagi tarixiy bog‘liqlik kuchliroq ta’kidlanadi. Shu bilan birga, Anqara sovet davrida va tashqi tadqiqotlarda shakllangan ta’riflardan voz kechib, turkiy xalqlarning o‘z tarixiy xotirasini tiklashni maqsad qilganini aytmoqda.

Bu islohot mintaqada bir xilda qabul qilinmadi. Turkiya uchun “Turkiston” atamasi turkiy davlatlar yaqinlashuvi, madaniy hamjihatlik va kelajakdagi integratsiya uchun ramziy ahamiyatga ega.

Ayrim tahlilchilar buni Rajab Toyyib Erdo‘g‘an siyosatining bir qismi deb biladi. Ularning fikricha, Turkiya bu orqali turkiy xalqlar yetakchisi sifatidagi rolini mustahkamlashni ko‘zlaydi.

Tojikiston esa bu o‘zgarishga ehtiyotkor yondashmoqda. Tojik tarixchilari Markaziy Osiyo faqat turkiy qabilalardan iborat bo‘lmaganini, mintaqada eroniy tilli xalqlar va qadimiy madaniyatlar ham muhim rol o‘ynaganini ta’kidlaydi.

Ularning xavotiriga ko‘ra, “Turkiston” atamasi ramziy jihatdan tojiklarni va ularning tarixiy merosini mintaqaviy tarixdan chetlatishi mumkin. Sug‘d, Baqtriya va Xorazm kabi qadimiy markazlar butun mintaqa uchun umumiy boylik hisoblanadi.

Mutaxassislarning fikricha, Anqaraning bu qadami ortida faqat ta’lim masalasi emas, balki geosiyosiy manfaatlar ham turibdi. Mintaqada Rossiya va Xitoyning iqtisodiy hamda siyosiy ta’siri kuchli bo‘lgan bir paytda Turkiya madaniy-ta’lim sohasi orqali o‘z mavqeini mustahkamlashga intilmoqda.

Maktab yoshidan tarixiy rishtalarni shakllantirish esa uzoq muddatli hamkorlik uchun poydevor bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu islohot ham madaniy yaqinlashuv, ham siyosiy signal sifatida ko‘rilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026