Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Boliviyada ommaviy noroziliklar sabab favqulodda holat joriy etildi

Dunyo
77
Boliviyada ommaviy noroziliklar sabab favqulodda holat joriy etildi
Boliviya prezidenti Rodrigo Pas mamlakatda davom etayotgan ommaviy norozilik namoyishlari sabab favqulodda holat rejimi joriy etilganini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish, to‘sib qo‘yilgan yo‘llarni ochish va transport harakatini qayta tiklash maqsadida qabul qilingan. Pasning ta’kidlashicha, yo‘llarning yopilishi odamlarning ishga borishiga, o‘qishiga, oziq-ovqat va zarur mahsulotlarni olishiga jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.

Shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatishda ham muammolar paydo bo‘lgan. Prezident favqulodda holat oddiy hayotni buzish uchun emas, balki uni qayta tiklash uchun joriy etilganini aytdi.

Boliviyada norozilik namoyishlari o‘tgan oydan beri davom etmoqda. Namoyishchilar prezidentning iste’fosi, mehnat shartlarini qayta ko‘rib chiqish va ayrim qonunlarni bekor qilishni talab qilmoqda.

Rasmiylar vaziyatni nazoratga olish va jamoat tartibini ta’minlash uchun favqulodda choralar qo‘llanishini aytmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026