Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Ilon Maskning boyligi 1 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi

Dunyo
15
Ilon Maskning boyligi 1 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi 1 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi boyligi 957 milliard dollarni tashkil etmoqda. Biroq Forbes hisob-kitoblarida Maskning boyligi hali ham 1,1 trillion dollar atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 12 iyun kuni tarixdagi birinchi trillionerga aylangan edi. Biroq 23 iyun kuni SpaceX aksiyalari 3,9 foizga arzonlashib, bir dona aksiya narxi 148,57 dollargacha tushdi.

Natijada kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 1,99 trillion dollargacha kamaydi. Shu tariqa, SpaceX rekord darajadan keyin ilk bor 2 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi va dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar reytingida yettinchi o‘ringa tushib qoldi.

Bu kompaniya uchun ketma-ket to‘rtinchi kapitalizatsiya yo‘qotilgan savdo sessiyasi bo‘ldi. Ma’lumot uchun, iyun oyida SpaceX orqali 85 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilindi va kompaniya qiymati 2,9 trillion dollardan oshib ketgan edi.

Bu jarayon Ilon Maskni birinchi trillionerga aylantirgan hamda kompaniya xodimlari orasida 4,4 mingdan ortiq yangi millionerlarni paydo qilgan edi. Biroq shundan keyin kompaniya qiymati eng yuqori ko‘rsatkichlariga nisbatan taxminan 550 milliard dollarga kamaydi.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026