Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 4 м/с, З
ENRU

Kongo g‘arbiyida noma’lum kasallik 14 kishini o‘ldirdi

Dunyo
12
Kongo g‘arbiyida noma’lum kasallik 14 kishini o‘ldirdi
Kongo Demokratik Respublikasining g‘arbiy hududlarida kelib chiqishi hozircha aniqlanmagan xavfli kasallik tufayli 14 kishi vafot etgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mahalliy deputat Jak Ilungu ma’lumotlariga tayanib Okapi radiosi xabar tarqatdi. Ma’lum qilinishicha, kasallik Kvilu provinsiyasining Bulungu hududida joylashgan bir nechta qishloqlarda keng tarqala boshlagan.

So‘nggi ikki hafta davomida ushbu kasallik bilan bog‘liq bir qator o‘lim holatlari qayd etilgan. Yuzaga kelgan vaziyat mahalliy aholi orasida jiddiy xavotir va keng ko‘lamli vahima keltirib chiqargan.

Natijada ko‘plab oilalar xavfsizlik maqsadida qo‘shi Idiofa hududi hamda unga tutash tumanlarga ommaviy ravishda ko‘chib ketishni boshlagan. Mahalliy aholi orasida kasallikning tez suratlarda tarqalayotgani katta tashvish uyg‘otmoqda.

Deputat Jak Ilunga hukumat idoralarini biotibbiyot tahlillarini o‘tkazish uchun zarur namunalarni yig‘ish maqsadida hududga sanitariya mutaxassislari guruhlarini zudlik bilan yuborish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, provinsiyaning sobiq sog‘liqni saqlash rahbari Bena Mutuy ham noma’lum kasallik tarqalayotganini tasdiqladi.

Uning ma’lum qilishicha, o‘lim holatlari soni qariyb 20 taga yetgan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, kasallikning asosiy belgilari orasida kuchli bosh og‘rig‘i, qayt qilish, qorin sohasidagi og‘riqlar hamda tizzalarda og‘riq sezilishi kuzatilmoqda.

Eng xavotirlisi, dastlabki simptomlar paydo bo‘lganidan keyin bir sutka ichida o‘lim holati yuz berishi mumkinligi aytilmoqda. Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasi hududida Ebola virusi tarqalgani rasman tasdiqlangan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa kasallikning tez suratlarda yoyilayotgani haqida ogohlantirgan. Shu munosabat bilan qo‘shi davlatlar KDR bilan chegaralarini vaqtincha yopgan, boshqa mamlakatlar esa aeroportlarda sanitariya nazoratini kuchaytirgan.

Shuningdek, 20 iyun kuni Isroilda Ebola virusiga shubha qilingan birinchi bemor aniqlangani haqida xabar berilgan. BMTning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola kasalligining mingta holati rasman qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026