Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Olimlar koinotdagi eng yirik super-puf ekzosayyoralarni aniqladi

Dunyo
21
Olimlar koinotdagi eng yirik super-puf ekzosayyoralarni aniqladi
Olimlar koinotdagi eng g‘aroyib sayyoralardan biri hisoblangan ikki ulkan ekzosayyorani aniqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qizig‘i shundaki, ularning hajmi Yupiter sayyorasiga teng yoki undan kattaroq bo‘lsa-da, zichligi paxtaqandnikidan ham past ekani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar tomonidan “super-puf” deb atalgan ushbu sayyoralar hozirga qadar aniqlangan eng yengil yirik ekzosayyoralar sifatida qayd etilmoqda.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan Oksford universiteti olimi Jorj Dransfildning ta’kidlashicha, mazkur osmon jismlarining zichligi hatto ko‘pirtirilgan soqol olish ko‘pigi bilan taqqoslash mumkin darajada past. Olimlarning fikricha, ushbu g‘ayrioddiy sayyoralar asosan vodorod va geliy gazlaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.

Ular NASAning TESS sun’iy yo‘ldoshi orqali aniqlangan bo‘lib, Yerdan taxminan 1110 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Bu esa qariyb 10 trillion kilometrga teng masofani anglatadi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur ikki sayyora janubiy osmondagi “Uchuvchi baliq” deb nomlanuvchi yulduz turkumidagi bir yulduz atrofida aylanadi. Taqqoslash uchun, Yupiterning zichligi ushbu sayyoralarnikidan qariyb 35 baravar yuqori hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar NASA katalogiga kiritilgan qariyb 6300 ta ekzosayyora orasida bunday “super-puf” turidagi sayyoralar soni 40 tadan ham kam. Shu bois olimlar ularni juda noyob osmon jismlari sifatida baholamoqda.

Mutaxassislar fikricha, bunday sayyoralar yangi shakllanayotgan yulduzlar atrofidagi gazga boy muhitda paydo bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o‘z moddasining bir qismini yo‘qotadi. Olimlar kelgusida NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi orqali ularning kimyoviy tarkibini yanada chuqurroq o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ana shunday noodatiy va kam uchraydigan sayyoralarni o‘rganish koinot qanday shakllanganini yaxshiroq tushunishga hamda insonning koinotdagi o‘rni haqidagi bilimlarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026