Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Braziliyada havo sharida yong‘in sodir bo‘lib 8 kishi halok bo‘ldi

Dunyo
17
Braziliyada havo sharida yong‘in sodir bo‘lib 8 kishi halok bo‘ldi
Braziliyaning Santa-Katarina shtatida sayyohlarni olib ketayotgan havo sharida fojia sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ichida 21 kishi bo‘lgan havo shari parvoz vaqtida yonib ketib, yerga qulagan. Hodisa oqibatida 8 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Yana 13 kishi, jumladan havo sharini boshqargan uchuvchi omon qolgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hodisadan so‘ng barcha yo‘lovchilar aniqlangan va bedarak yo‘qolganlar yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in havo shari savati ichida boshlangan. Uchuvchining aytishicha, u favqulodda qo‘nishni amalga oshirishga uringan va yerga yaqinlashgach, yo‘lovchilarga imkon qadar tezroq sakrashni buyurgan.

Fojia tibbiyot markazi yaqinida sodir bo‘lgani sababli qutqaruv va tibbiy xizmatlar voqea joyiga tez yetib kelgan. Hozirda mutaxassislar halokatning aniq sabablarini aniqlash maqsadida keng qamrovli tekshiruv olib bormoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026