Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

AQSHda mahkumlar miyasini o‘rganuvchi olimning ishi bahsga olindi

Dunyo
24
AQSHda mahkumlar miyasini o‘rganuvchi olimning ishi bahsga olindi
AQSHda mahkumlar miyasini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olim Kent Kilning bahsli tadqiqotlari yana jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, miya skanerlari va genetik tahlillar orqali insonning zo‘ravonlikka moyilligi yoki psixopatlik xususiyatlarini aniqlash mumkin. Kent Kil yillar davomida minglab mahkumlarning miyasini tekshirib kelgan va uning tadqiqotlari AQSH sudlarida dalil sifatida qo‘llanilgan.

Advokatlar ayrim holatlarda ushbu ma’lumotlardan foydalanib, mijozlarining harakatlari biologik omillar bilan bog‘liq ekanini isbotlashga uringan. Biroq bu usul kutilgan natijani bermagan holatlar ham bo‘lgan.

Jumladan, Amos Jozef Uells III ishida himoya tomoni uning genlari va miya tuzilishi zo‘ravonlikka moyillikni kuchaytirganini ta’kidlagan. Ammo sud hay’ati buni yengillashtiruvchi omil sifatida emas, aksincha, kelajakda ham xavfli bo‘lishi mumkinligining dalili sifatida qabul qilib, uni o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Mutaxassislarning bir qismi Kilning tadqiqotlari ilmiy jihatdan yetarlicha asoslanmaganini ta’kidlamoqda. Ular inson xulq-atvorini faqat miya tasvirlari yoki genlar orqali bashorat qilish mumkin emasligini aytmoqda.

Ayrim olimlar bunday yondashuv ilgari rad etilgan va hatto irqiy kamsitishlarga asos bo‘lgan nazariyalarni eslatishini qayd etgan. Tanqidchilarning fikricha, jinoyatchilikni biologik xususiyatlar bilan bog‘lash ijtimoiy muhit, tarbiya, qashshoqlik va ruhiy salomatlik kabi muhim omillarni e’tibordan chetda qoldirishi mumkin.

Shuningdek, bunday dalillar ba’zan mahkumlarga yengillik berish o‘rniga, ularni yanada xavfli shaxs sifatida ko‘rsatib qo‘yishi ehtimoli bor. Kent Kil esa o‘z tadqiqotlari zamonaviy ilm-fanga asoslanganini va ular qat’iy tekshiruvlardan o‘tganini ta’kidlamoqda.

Shunga qaramay, uning ishlari atrofidagi bahslar hamon davom etmoqda. Huquqshunoslar va olimlar o‘rtasidagi asosiy savol esa hali ham ochiq qolmoqda: insonning kelajakdagi harakatlarini miyasi va genlari orqali oldindan aniqlash mumkinmi yoki bu xavfli va bahsli nazariyami?

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026