ENRU

Ruminiya Moldova bilan birlashish haqidagi qonunni ma’qulladi

Dunyo
18
Ruminiya Moldova bilan birlashish haqidagi qonunni ma’qulladi
Dunyo siyosiy sahnasida juda jiddiy va geosiyosiy vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan yangiliklar paydo bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

24 iyun kuni Ruminiya parlamentining quyi palatasi, Deputatlar palatasi, qo‘shni Moldova Respublikasi bilan birlashish to‘g‘risidagi shov-shuvli qonun loyihasini ma’qulladi. Bu qaror uzoq yillardan beri muhokama qilinayotgan ikki qardosh davlatning yagona bayroq ostida birlashishi yo‘lidagi dastlabki rasmiy qadam bo‘lishi mumkin.

Eng qizig‘i, ushbu hujjat an’anaviy tortishuvlar va ovoz berish yo‘li bilan emas, balki jim qabul qilish tartibi asosida tasdiqlandi. Ruminiya qonunchiligidagi bu noodatiy qoidaga ko‘ra, agar biron bir qonun loyihasi parlament yalpi majlisida 45 kun ichida muhokama qilinmasa yoki rasman rad etilmasa, u avtomatik ravishda o‘sha palata tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi.

SOS Romania partiyasi tashabbusi bilan chiqilgan bu loyiha aynan mana shu tartibda quyi palata filtridan o‘tib ketdi. Qonun loyihasida Ruminiya parlamenti mamlakatning Moldova bilan birlashishi to‘g‘risida qaror qabul qilishi, shuningdek, hukumatga Kishinyov rasmiylari bilan birlashish jarayonini rasmiylashtirish bo‘yicha zudlik bilan muzokaralarni boshlash vakolatini berish taklif etilgan.

Ushbu tashabbus faqatgina Ruminiyaning xohishi emas. Shu yilning yanvar oyida Moldova prezidenti Maya Sandu ham ikki davlatning birlashishi g‘oyasini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlagan edi.

U Britaniyaning The Rest is Politics podkastiga bergan intervyusida, agar bu masala bo‘yicha umumiy referendum o‘tkazilsa, shaxsan o‘zi birlashish uchun ha deb ovoz berishini ma’lum qilgan. Prezidentning fikri shundaki, hozirgi geosiyosiy vaziyatda Moldova kabi kichik davlat uchun mustaqil demokrat sifatida rivojlanish va tashqi bosimlarga, xususan, Rossiya ta’siriga qarshi turish tobora qiyinlashmoqda.

Ayniqsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush fonida Moldova uchun Ruminiya bilan birlashish xavfsizlikni ta’minlovchi va Yevropa Ittifoqi oilasiga tezroq qo‘silish imkonini beruvchi B rejasi sifatida ko‘rilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi rishtalar allaqachon juda chuqur ildiz otgan.

Masalan, Moldovaning 2,4 millionlik aholisining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Ruminiya fuqaroligiga, pasportiga ham ega. Bundan tashqari, Ruminiya Moldovaning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi va Buxarest Kishinyovga Rossiyaga energetik qaramlikni kamaytirishda katta yordam bergan.

Biroq, aholi o‘rtasidagi fikrlar hali ham bir xil emas. 2026 yil mart oyida o‘ttkazilgan so‘nggi ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Ruminiyada birlashish tarafdorlari 72 foizni tashkil etgan, Moldovalik esa 42 foizni.

Qolgan qismlan esa birlashishga qarshi chiqishgan. Garchi quyi palata qonunni jim qabul qilgan bo‘lsa ham, hujjat yuqori palata, Senat tomonidan ko‘rib chiqilishi va oxirida prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Keyingi qadam shundan iboratki, mamlakatlar o‘rtasidagi birlashish masalasi endilikda vaqt o‘tishi bilan, ehtimol, referendum orqali hal qilinishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Putin farmoni: O'zbekistonga naqd rubl olib chiqish cheklovlari kuchaytirildi
Putin farmoni: O'zbekistonga naqd rubl olib chiqish cheklovlari kuchaytirildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan yangi farmon, Rossiyadan O‘zbekiston, Ozarbayjon, Tojikiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) a’zo davlatlariga naqd rubl
DunyoBugun, 04:46
Tramp Kim Chen In bilan do‘stona aloqalari borligini tasdiqladi
Tramp Kim Chen In bilan do‘stona aloqalari borligini tasdiqladi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp xalqaro yadroviy xavfsizlik masalasida navbatdagi shov-shuvli bayonotini berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada u
DunyoBugun, 04:15
Isroil qiruvchi samolyotlari xavf signali bergan laynerni kuzatmoqda
Isroil qiruvchi samolyotlari xavf signali bergan laynerni kuzatmoqda
Dubaydan Tel-Aviv shahriga yo‘l olgan FlyDubai aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti parvoz vaqtida bort o‘g‘irlanganini anglatuvchi maxsus xavf signalini uzatdi, bu esa mintaqada
DunyoBugun, 03:36
«FlyDubai» samolyoti ekipaj janjali sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
«FlyDubai» samolyoti ekipaj janjali sababli favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Yaqin Sharq uzra havodagi jiddiy xavotirga sabab bo‘lgan FlyDubai aviakompaniyasining Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan yo‘lovchi layneri bilan bog‘liq tahlikali holat xayrli yakun topdi. Bu haqda
DunyoBugun, 03:30
Tramp rasmiy hujjatlarda suniy intellekt atamasini ishlatishni taqiqladi
Tramp rasmiy hujjatlarda suniy intellekt atamasini ishlatishni taqiqladi
AQSH Prezidenti Donald Tramp federal hukumatning rasmiy hujjatlarida sun’iy intellekt atamasini qo‘llashni taqiqlab, uning o‘rniga super intellekt iborasini kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
DunyoBugun, 02:37
Mixail Galustyanning Dushanbega tashrifi Tojikiston jamoatchiligining keskin e'tiroziga sabab bo'ldi
Mixail Galustyanning Dushanbega tashrifi Tojikiston jamoatchiligining keskin e'tiroziga sabab bo'ldi
Rossiyalik taniqli hajviyachi, aktyor va boshlovchi Mixail Galustyanning Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga tashrifi mahalliy aholi, jamoatchilik faollari hamda blogerlarning keskin noroziligiga
DunyoBugun, 02:18