Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Venesuelada kuchli zilzilalar o‘nlab odamlarni oldi

Dunyo
31
Venesuelada kuchli zilzilalar o‘nlab odamlarni oldi
So‘nggi bir necha soat ichida AQSH, Venesuela va Yaponiyada ketma-ket kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Eng og‘ir oqibatlar Venesuelada kuzatilgan. U yerda o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohatlangan.

Birinchi yer silkinishi 24 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:10 da AQSHning Kaliforniya shtatida qayd etildi. Zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil qilgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan, biroq bir necha kishi jarohat olgan. Mendosino okrugida 7 427 nafar iste’molchi elektr energiyasisiz qolgan.

25 iyun kuni soat 03:04 va 03:05 da Venesuelada magnitudasi 7,2 hamda 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Asosiy silkinishlardan keyin yana 20 ta kuchli yerga tez-tez tebranish kuzatilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Venesuelada kamida 32 kishi halok bo‘lgan, 700 dan ortiq odam jarohatlangan. Ko‘plab binolar qulab tushgan.

Aeroport va metro faoliyati ham to‘xtatilgan. AQSH Geologiya xizmati qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirgan.

Shu kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:30 da Yaponiyaning Xonsyu oroli yaqinida ham kuchli yer silkinishi qayd etildi. Dastlab zilzila magnitudasi 6,9 deb baholangan, keyingi hisob-kitoblardan so‘ng bu ko‘rsatkich 7,2 ga o‘zgartirilgan.

Yaponiyada to‘rt kishi yengil jarohat olgan. Temiryo‘l qatnovlari vaqtincha to‘xtatilgan, ammo sunami xavfi e’lon qilinmagan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026