Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Meksikada Mayya sivilizatsiyasiga oid yangi shahar kashf etildi

Dunyo
19
Meksikada Mayya sivilizatsiyasiga oid yangi shahar kashf etildi
Meksikaning zich o‘rmon hududida arxeologlar tomonidan Mayya sivilizatsiyasiga oid yangi shahar kashf etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Topilgan shahar ming yildan ortiq vaqt mobaynida insonlar nazaridan berida qolib kelgan. Kalakmul biosfera qo‘riqxonasi hududida sloveniyalik va meksikalik olimlar qo‘shaman ekspeditsiyasi olib borishgan.

Aniqlangan yangi yodgarlikka Mayya tilida "yo‘l yo‘q" ma’nosini anglatuvchi Minanbe nomi berilgan. Bu atama shaharga yetib borish juda qiyin bo‘lganligi bilan izohlanadi.

Ekspeditsiyaga Sloveniya Fan va San’at Akademiyasi Ilmiy-tadqiqot Markazining arxeologi Ivan Shprays rahbarlik qilgan. Dala ishlaridan oldin mutaxassislar Lazerli skanerlash texnologiyasi orqali olingan hudud tasvirlarini o‘rganishgan.

Shu tariqda zich o‘rmon ostida qadimiy sun’iy inshootlar mavjudligi aniqlangan. Natijada taxminan 13 ga maydonni egallagan qadimiy shahar topildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Minanbe milodiy 600-900 yillar oralig‘ida barpo etilgan. Hududda ko‘pgon me’moriy qurilmalar saqlanib qolgan, jumladan 13 metr balandlikdagi piramida, suv oid ramzlar va diniy marosimlarga oid tosh bitimlar mavjud.

Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, yodgorlik deyarli shikastlanmagan holatda yetib kelgan. Boshqa ko‘plab Mayya shaharlaridan farqli ravishda bu joyda talon-toroj yoki noqonuniy qazish izlari topilmagan.

Bu holat Minanbening ilmiy va tarixiy qiymatini yanada oshirmoqda. Olimlar fikricha, ushbu shahar o‘z davrining yirik iqtisodiy va mintaqaviy markazlaridan biri hisoblangan.

Yangi kashfiyot Mayya sivilizatsiyasining hali o‘rganilmagan sirlarini ochishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026