Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Konya viloyatida yuzlab ulkan o‘pqon hosil bo‘lmoqda

Dunyo
23
Konya viloyatida yuzlab ulkan o‘pqon hosil bo‘lmoqda
Konya viloyatida kuzatilayotgan geologik hodisa olimlar va mahalliy aholini jiddiy xavotirga solmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakatning asosiy qishloq xo‘jaligi hududlaridan biri hisoblangan ushbu mintaqada qurg‘oqchilik va yer osti suvlarining keskin kamayishi natijasida yuzlab ulkan o‘pqonlar hosil bo‘lmoqda. Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, Konya havzasida hozirgacha 684 ta katta o‘pqon qayd etilgan.

Ularning eng yiriklaridan biri 228 metr kenglik va 171 metr chuqurlikka ega. Ilgari bu kabi o‘pqonlar tabiiy ravishda yuzaga kelgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning tez ko‘payishiga inson faoliyati sabab bo‘layotgani ta’kidlanmoqda.

Olimlarning tushuntirishicha, uzoq davom etayotgan qurg‘oqchilik tufayli fermerlar yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanmoqda. Hududda minglab qonuniy va noqonuniy quduqlar qazilgan bo‘lib, bu suv zaxiralarining tez tugashiga olib kelmoqda.

Yer ostidagi suv qatlamlari kamaygach, yer ostidagi tog‘ jinslari mustahkamligini yo‘qotib, yer yuzasi kutilmaganda cho‘kib ketmoqda. Turkiya tabiatni muhofaza qilish jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, Konya havzasidagi quduqlarning katta qismi noqonuniy hisoblanadi.

Mutaxassislar bu holat nafaqat geologik xavfni kuchaytirishi, balki mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Geologlar aytishicha, ayrim fermerlar paydo bo‘lgan o‘pqonlarni o‘zboshimchalik bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.

Biroq bunday yondashuv xavfli hisoblanadi, chunki yer ostidagi bo‘sliq saqlanib qolgani uchun cho‘kish yana takrorlanishi mumkin. Mutaxassislar muammoning asosiy yechimi sifatida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suvni ko‘p talab qiluvchi ekinlar o‘rniga iqlimga mos qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekish va zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni taklif qilmoqda.

Ekspertlar ogohlantirishicha, agar yer osti suvlaridan ortiqcha foydalanish davom etsa, Konya havzasida o‘pqonlar soni yanada ortishi, bu esa qishloq xo‘jaligi va butun mintaqa kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026