Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Yevropa jaziramasida o‘lim holatlari ko‘paymoqda

Dunyo
18
Yevropa jaziramasida o‘lim holatlari ko‘paymoqda
Yevropa mamlakatlarini qamrab olgan anomal issiq havo to‘lqini tobora og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Jazirama tufayli bir necha davlatlarda o‘lim holatlari ko‘payib, favqulodda choralar ko‘rilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada atigi to‘rt kun ichida oftob urishi va yuqori harorat bilan bog‘liq holatlar sabab 212 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan.

Bu ko‘rsatkich hozirgi kunda Yevropa mamlakatlari orasida eng yuqori hisoblanadi. Buyuk Britaniyada esa rekord darajadagi issiq ayrim shifoxonalarda tibbiy uskunalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Vaziyat keskinlashgani sabab ayrim hududlarda kritik holat e’lon qilingan. Sog‘liqni saqlash tizimi yuk ostida ishlab, ko‘p bemorlarga xizmat ko‘rsatish qiyinlashmoqda.

Italiyada jazirama sabab ochiq havoda ishlashga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Germaniyada esa yuqori harorat tufayli rejalashtirilgan marafon musobaqasi bekor qilindi.

Bundan tashqari, suv havzalarida cho‘milish vaqtida 20 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgani qayd etildi. Fransiyada ham jazirama og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lmoqda.

Mamlakatda 48 kishi cho‘kib ketgan, shuningdek, avtomobilda qarovsiz qoldirilgan uch nafar bola havo yetishmasligi oqibatida vafot etgani ma’lum qilindi. Bu holat ota-onalarga bolalarini hech qachon yopiq avtomobilda qoldirmaslik haqida yana bir bor o‘ylashga undaydi.

Mutaxassislar aholini zarurat bo‘lmasa jazirama paytida tashqariga chiqmaslikka, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishga va bolalarni hamda uy hayvonlarini hech qachon yopiq avtomobilda qoldirmaslikka chaqirmoqda. Shuningdek, kechqurun yoki ertalab soatlarida tashqariga chiqish tavsiya etilmoqda.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026