Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 15 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

O‘zbekistonliklarga qarshi o‘lim jazosi tayinlandi

Dunyo
36
O‘zbekistonliklarga qarshi o‘lim jazosi tayinlandi
Malayziyada bir necha yil avval giyohvand moddalari bilan qo‘lga olingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan o‘lim jazosi tayinlingani haqida ma’lumotlar oshkor etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining iste’fodagi xodimi O‘ktam Suvonov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida sodir bo‘lgan.

Ikki nafar ayol va ularning yana bir tanishi tekshiruv vaqtida yirik miqdordagi sintetik giyohvand moddasi bilan ushlangan. Mazkur modda xalqaro darajada taqiqlanuvchi hisoblanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea ayollardan birining chet ellikka turmushga chiqqan qizi onasiga Malayziyaga bepul sayohat taklif qilganidan keyin boshlangan. Ayol safarga o‘zi bilan qo‘shnisini va yana bir tanishini ham taklif qilgan.

Parvoz oldidan ularga notanish shaxs tomonidan bo‘sh chemodanlar topshirilgan. Manzilga yetib borgach esa ularni hech kim kutib olmagan.

Bu holat aeroport xavfsizlik xizmati xodimlarida shubha uyg‘otgan. Tekshiruv davomida har bir chemodan ichida to‘rt kilogrammdan giyohvand modda borligi aniqlangan.

Shu tariqa, o‘zlari ham bilmagan holda narkotashuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb qilingan fuqarolar Malayziya qonunchiligiga muvofiq eng og‘ir jazoga hukm qilingan. O‘ktam Suvonovning aytishicha, u keyinchalik Malayziyaga borib, mahkumalar bilan uchrashgan.

Uchrashuv chog‘ida ayollardan biri unga: "Siz, ehtimol, hayotimda ko‘rib turgan so‘nggi vatandoshimsiz", degan so‘zlarni aytgan. Uning ta’kidlashicha, bu gap uning xotirasida muhrlanib qolgan.

Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026