Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Cheyl Sonnen 2028 yilga AQSH prezidentligiga saylanmoqchi

Dunyo
10
Cheyl Sonnen 2028 yilga AQSH prezidentligiga saylanmoqchi
MMA olamida kutilmagan yanglish paydo bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nafaqat oktagondagi janglari, balki o‘zining o‘tkir tili bilan ham tanilgan UFC sobiq jangchisi Cheyl Sonnen katta siyosatga qaytmoqda. U 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtiryapti.

Sonnen o‘zining ushbu rejasini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali muxlislariga ma’lum qildi. U shunday dedi: "Men 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z ma’muriyatimni shakllantirishning dastlabki bosqichida turibman.

Agar hammasi muvaffaqiyatli amalga oshsa, keyingi ish joyim Oq Uy bo‘ladi." Hozirda 49 yoshni qarshilagan Cheyl Sonnen nafaqat kuchli sportchi, balki aralash jang san’ati tarixidagi eng buyuk va eng xarizmatik tresh-tokerlardan biri hisoblanadi. Tresh-toker deganda raqibni so‘z bilan sindiruvchi ustomonlar tushuniladi.

Sportdagi faoliyatini yakunlagach, u mashhur va taniqli tahlilchi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Endi esa u o‘zining ritorika va bahs-munozara olib borishdagi noyob iqtidorini Oq Uy debatlarida ishlatmoqchi.

Aslida Sonnen uchun siyosat maydoni mutlaqo begona emas. U avval ham hokimiyat tizimlariga kirishga jiddiy harakat qilgan.

2010 yilda Cheyl Oregon shtatidagi Vakillar palatasi uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtirok etib, haqiqatdan ham g‘alaba qozongan. Biroq o‘sha paytda yuzaga kelgan pul yuvish bilan bog‘liq huquqiy muammolar va sud mashmashalari tufayli u siyosiy poygani yarim yo‘lda tark etishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari Sonnen bir muddat avval Oregon shtati gubernatori lavozimiga ham o‘z nomzodini qo‘yish niyati borligini ochiq aytgan edi. Agar Sonnen o‘z jamoasini muvaffaqiyatli shakllantirib, saylov kampaniyasini boshlasa, 2028 yilgi AQSH prezidentlik debatlari haqiqiy shouga aylanishi shubhasiz.

Oktagon qirolining Vashington Olimp cho‘qqisi sari yurishini kuzatish juda qiziq bo‘ladi.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026