Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 16 noyabr
+9°
ochiq shamol 1 m/s, sharq
ENRU

Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik maxsus operatsiyani tasdiqladi

Dunyo
24
Zelenskiy Rossiyaga qarshi 40 kunlik maxsus operatsiyani tasdiqladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirish va urushni toxtatish maqsadida Ukraina Xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladigan 40 kunlik yirik maxsus operatsiya rejasini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda davlat rahbari o‘zining Telegram sahifasida e’lon qildi. Ushbu reja front ortidagi vaziyatni va urush tezligini butunlay o‘zgartirib yuborishi kutilmoqda.

Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Xavfsizlik xizmati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Yevgeniy Xmara unga amalga oshirilayotgan maxsus operatsiyalar, mashhur Alfa markazi faoliyati hamda Rossiyaga qarshi yangi choralar boyicha maxfiy hisobot taqdim etgan. Ukraina rasmiy doiralari tilidagi uzoq va o‘rta masofali sanksiyalar iborasi ortida juda jiddiy harbiy harakatlar yotibdi.

Bu Ukraina chegarasidan juda uzoqda joylashgan Rossiya ichkarisidagi hamda Qrim hududidagi harbiy va energetika obyektlariga dronlar orqali beriladigan kuchli va aniq zarbalardir. Prezident so‘nggi oylarda turli xil uchuvchisiz qurilmalar front chizig‘ini himoya qilishda o‘ta yuqori natija berayotganini va Alfa maxsus bo‘linmasi Rossiya armiyasining jonli kuchi hamda texnikasiga eng katta zarar yetkazayotgan kuch ekanini alohida e’tirof etdi.

Maqsad — Kremlni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish. Bundan bir necha kun oldin Zelenskiy agar Ukraina G7 davlatlari bilan muhokama qilingan zarur vosita va qurollarga ega bo‘lsa Rossiyani tinchlik yo‘lini tanlashga majbur qila olishini qat’iy ta’kidlagan edi.

Ayni paytdagi 40 kunlik shiddatli reja ham aynan shu maqsadga qaratilgan. Ushbu strategiya amalda allaqachon o‘z kuchini ko‘rsata boshladi.

So‘nggi kunlarda Qrim yarimoroli va Rossiya viloyatlaridagi infratuzilmalarga dron hujumlari keskin kuchaydi. Poltavskaya neft bazasi Krasnodar o‘lkasida Ukraina dronlari ushbu strategik bazaga hujum qilib kuchli yong‘in yuzaga keltirdi.

Mazkur baza Krasnodar o‘lkasi va Adigeya Respublikasini yonig‘i bilan ta’minlovchi bosh manba hisoblanadi. Balaklava va Tavriya issiqlik elektr stansiyalariga dron hujumi e’lon qilindi.

Kacha harbiy aerodromi yaqinida kuchli portlashlar sodir bo‘lgani qayd etildi. Dronlar hujumi tufayli Simferopol Yalta va Yevpatoriya shaharlari atrofida elektr ta’minotida qisqa muddatli yirik uzilishlar kuzatildi.

Hozircha Rossiya tomoni Ukraina Xavfsizlik xizmatining ushbu 40 kunlik yangi rejasi va tungi hujumlar oqibatlari borasida rasmiy bayonot berganicha yo‘q.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026